Umum ped na amal-O`um 13-14



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə43/307
tarix11.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#147840
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   307
Umum ped na amal-O`um 13-14

 
 
 
 
Ta‘lim mazmuni boyib, rivojlanib boradimi? O‘zbekistonda uni qanday yo‘llar bilan takomillashtirilib 
borilyapti? 
"Yangi demokratik jamiyat qurayotgan bizning mamlakatimizda ta‘limning mazmunini quyidagi yo‘llar bilan 
takomillashtirishni nazarda tutiladi: 

fan va tajribadagi eng yangi muvaffaqiyatlarni aks ettirish; 

ikkinchi darajali va ortiqcha murakkablashtirilgan materiallardan qutilish; 

o‘rganilayotgan fanlar ro‘yxatini va materiallar hajmini aniqlash hamda o‘quvchi yoshlar, albatta, o‘zlashtirib 
olishi kerak bo‘lgan malaka va ko‘nikmalarning optimal hajmini belgilash

o‘quv fanlariga oid asosiy tushunchalarni va yetakchi g‘oyalarni juda ham aniq bayon qilish; 

o‘quvchilarni pedagogik texnologiyalar: kompyuter, kserks, elektron pochta va shu kabi boshqa bilimlar bilan 
qurollantirish hamda ularda shu texnologiyalardan foydalanish ko‘nikmalarini hosil qilish. 
Umumiy ta‘lim - bu o‘quvchilarning har tomonlama umumiy tayyorgarligini va rivojlanishini ta‘minlovich fan 
asoslarini egallab olishdir. 
Kasbiy ta‘lim - insonning o‘zi tanlagan, nisbatan tor yo‘nalishdagi mehnat faoliyatiga xizmat qiladi. 
Politexnika ta‘limi - o‘quvchilarning hozirgi zamon ishlab chiqarish asoslari, uning energetikasi haqidagi bilimlar 
sistemasi bilan ta‘minlaydi hamda inson faoliyatining turli sohalaridagi ish operatsiyalarini o‘zlashtirib olish uchun 
baza ahamiyatiga ega bo‘lgan bir qator mehnat ko‘nikma va malakalarini egallash nazarda tutiladi. 
 
Ta‘lim mazmuni o‘zi nima? Uning ma‘lumot mazmuni bilan munosabati 
Ma‘lumot mazmuni - yoshlarning ma‘lumoti, taraqqiyoti, tarbiyasini mo‘ljallab hozirgi zamon fani, texnikasi
ishlab chiqarishi, fikrlashining umumiy asoslarini didaktik ishlov berish yo‘li bilan tanlangan bilimlar,ko‘nikma-
malakalar, ijodiy faoliyat tajribasi va munosabatlardir
1
.
Ta‘lim mazmuni- yoshlarni ma‘lumotli qilish, taraqqiy ettirish, tarbiyalash maqsadida ma‘lumot mazmunidan 
tanlanib, ta‘lim jarayoniga olib kirilgan bilim, ko‘nikma-malaka, faoliyat usullari hamda tabiat, jamiyat va tafakkur 
xodisalarini emotsional baholashga doir munosabatlardir. Ta‘lim mazmuni ma‘lumot mazmuni asosida tanlanadi. 
Ta‘lim mazmunini o‘rgatish va o‘zlashtirish yo‘li bilan ma‘lumot mazmunini amalga oshirishga, binobarin, yoshlarni 
ma‘lumotli qilish, taraqqiy ettirish, tarbiyalashga qarab boriladi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   307




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə