Umumiy astronomiya


Dars davomida talabalarga beriladigan masalalar



Yüklə 2,82 Mb.
səhifə143/154
tarix28.11.2023
ölçüsü2,82 Mb.
#133263
1   ...   139   140   141   142   143   144   145   146   ...   154
UMK Umumiy astronomiya Fizika

Dars davomida talabalarga beriladigan masalalar.

  1. Nima uchun Oyning birinchi choragida uning yoritilganligi to’lin oy vaqtidagiga nisbatan deyarli 2 marta kamroq?

  2. Yer va Oy massalarining nisbati 81:1 ga, ular radiuslarining nisbati esa 1:0,27 ga teng. Oydagi erkin tushish tezlanishi nimaga teng?

  3. Oy sirti uchun ikkinchi kosmik tezlikni Yer uchun mos kattaliklarni solishtirish orqali aniqlang.

  4. Agarda Yerdan Oygacha va Marsgacha bo’lgan masofalarni ma’lum desak, o’rtacha qarama-qarshi turish paytida Marsda turgan kuzatuvchi uchun Oy Yerdan qancha burchakka siljishi mumkin?

  5. Astrografning fokusiga o’rnatilgan oynada Oy 5 smli tasvir bo’lib ko’rinadi. Ushbu astrografning focus masofasi nimaga teng?


Uyga vazifa

  1. Agar Yerning aylanish o’qi ekliptika tekisligiga perpendikulyar bo’lganda bu yilning turli vaqtlarida Yerning turli nuqtalaridagi kunning davomiyligiga qanday ta’sir etardi? Bu yil fasllariga va Yerdagi iqlimga qanday ta’sir qilar edi?

  2. Quyoshning Yerga beradigan tezlanishi kattami yoki Oyning Yerga beradigan tezlanishimi? Necha marta?

  3. Uranning massasini Yer massasi birliklarida Oyning Yer atrofidagi harakatini Titaniyaning Uran atrofidagi harakatiga solishtirish orqali aniqlang. Titaniyaning aylanish davri 8d17h, uning Urandan uzoqligi esa 438 ming km.

Foydalanilgan adabiyotlar:



  1. Karttunen H. et. al. // Fundamental astronomy, Springer, 2007

  2. Nuritdinov S.N. Tadjibayev I.U. Ziyaxanov R.F. // Umumiy astronomiyadan masalalar to’plami, O‘zMU, Toshkent, 2013

Amaliy mashg’ulot 7.



7 – mavzu. Yulduzlar fizikasi asoslari
1 - namuna. Vodorod atomida elektronning qanday o’tishida spektrning qizil qismida yotadigan H (=6563 Å) chizig’i paydo bo’ladi?


=6563 Å

Yechimi:




m, n =?



Vodorod atomining m satxdan n satxga o’tishida chiqarayotgan fotonning chastotasi quyidagi formula bilan beriladi:
,




bu yerda 1=3,29.1015 Gs – birinchi satxdan ionlanish chastotasi chegarasi. Chastotadan to’lqin uzunlikka o’tamiz:
,
bu yerda 1=c/1=912 Å.
Avvalo n=1 bo’lsin.
m=2 uchun 12=1216 Å , bu L chizig’i.
m>2 uchun 1m < 1216 Å.
Endi n=2 deb olamiz. m=3 uchun 23=6566 Å – bu esa biz izlayotgan H chizig’ini beradi.
Javob: 3-satxdan 2 satxga o’tishda.



Yüklə 2,82 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   139   140   141   142   143   144   145   146   ...   154




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə