Umumiy astronomiya


§ 8.4. Galaktikalar to’dalari



Yüklə 2,82 Mb.
səhifə139/154
tarix28.11.2023
ölçüsü2,82 Mb.
#133263
1   ...   135   136   137   138   139   140   141   142   ...   154
UMK Umumiy astronomiya Fizika

§ 8.4. Galaktikalar to’dalari
Galaktikamizdan tashqi astoronomiya shakllanishi, XX asrning 20-yillarida, yulduz turkumlarida proeksiyalangan ayrim tumanliklarni, Galaktikamizdan (boshqacha aytganda Quyoshni o‘z ichiga olgan yulduzlar sistemasidan) tashqarida etuvchi, biznikiga o‘xshash tashqi galaktikalar ekanligi aniqlanishi bilan boshlandi.
Ulkan galaktikalardan biri  Andromeda yulduz turkumida proeksiyalanib ko‘rinadi va shu yulduz turkumining nomi bilan Andromeda galaktikasi (ba’zan Andromeda tumanligi) deb yuritiladi. Andromeda tumanligi bizdan 2 million yorug‘lik yiliga teng masofada etadi. Havo tiniq bo‘lgan tog‘lik rayonlarda tunda uni oddiy ko‘z bilan ko‘rsa ham bo‘ladi. U Andromeda yulduz turkumida yorug‘ tuman dog‘ shaklida ko‘rinadi.
Spiral galaktikalar koinotda keng tarqalgan bo‘lib, bizga qo‘shni boshqa shunday galaktika M-51 nomi bilan mashhur (8.7-rasm). Ungacha masofa 1,8 million yorug‘lik yilini tashkil qiladi. Osmonning Janubiy yarim sharida joylashgan noto‘g‘ri formadagi bizga qo‘shni galaktikalar Katta va Kichik Magellan bulutlari deb nom olgan.

8.7 - rasm
Tashqi Galaktikalar o‘z o‘lchamlariga ko‘ra, turlicha kattaliklarda uchrab eng yiriklari milliardlab, mittilari esa bir necha millionlab yulduzni o‘z ichiga oladi. Gigant galaktikalarning o‘lchamlari 50 ming parsekkacha (ya’ni diametri 150 ming yorug‘lik yiligacha) borgani holda, eng kichiklari bir necha 100 parsekdan ortmaydi.
Hozirgi zamonning quvvatli teleskoplari yordamida rasmga tushirilgan galaktikalarning soni bir necha milliardni tashkil etadi. Biroq ulardan bir qismigina kataloglardan joy olib, strukturalari o‘rganilgan va statistik tahlil etilgan holos. Galaktikalar haqidagi ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan kataloglardan biri B.A.Voronsov-Velyaminov rahbarligida tuzilgan 4 tomlik “Galaktikalarning morfologik katalogi” bo‘lib, u yulduz kattaligi 10,1 dan ravshan 30000 ga yaqin galaktikani o‘z ichiga oladi. Galaktikalar tashqi ko‘rinishga ko‘ra, turli-tuman bo‘lsada, ko‘pchiligi, ba’zi o‘xshash tomonlarini inobatga olib, bir necha tipga ajratish mumkin.

Galaktikalarning spektri


Galaktikadan tashqi tumanliklarning spektri, yulduzlarning spektrini eslatib, yutilish chiziqlaridan tashkil topadi. Ular tarkibiga ko‘ra A, F va G sinflariga kiruvchi yulduzlarning spektridan, faqat ayrim gaztumanliklarining spektrlarida uchraydigan emission chiziqlari bilan farq qiladi. Bundan kuzatilayotgan tumanliklar, yulduzlar sistemasi va diffuz materiyadan tashkil topganligi ayon bo‘ladi.
Noto‘g‘ri galaktikalarning spektri, A va F spektral sinflarga, spiral galaktikalarniki F va G sinflarga va, nihoyat, elliptik galaktikalarni G va K sinflarga kiruvchi yulduzlarning spektrini eslatadi. Bu, spiral va noto‘g‘ri galaktikalarda, boshlang‘ich spektral sinflarga kiruvchi qaynoq va yosh yulduzlarning ko‘pligidan, elliptik galaktikalar esa, nisbatan yoshi o‘tgan keyingi spektral sinflarga mansub yulduzlarga boyligidan darak beradi.
Galaktikaning rangiga qarab ham, unda ko‘pchilikni tashkil etgan yulduzlarning spektral sinflari haqida xulosa qilish mumkin. Galaktikalar yoki ularning qismlarining rang ko‘rsatkichlari ham, yulduzlarning rang ko‘rsatgichlarini aniqlash metodi asosida topiladi.
Galaktikalarning fazoda taqsimlanishini o‘rganishda, yulduzlarning taqsimlanishini o‘rganishdagi kabi, osmonning ma’lum uchastkasidagi ob’ektlar sonini ifodalaydigan, ravshanlikning integral funksiyasi Nm, osmonning ma’lum uchastkasida (ko‘pincha 1 kvadrat gradusda) yulduz kattaligi m va undan kichik kattalikdagi Galaktikalarning sonini xarakterlaydi.
Agar galaktikalar fazoda bir tekis taqsimlanadi deb qaralsa, yulduzlar statistikasida aniqlanganidek, Zeeliger teoremasi o‘rinli bo‘lib:

Bu muammo, birinchi marta, 2,5 metrlik reflaktorda 1283 uchastkada 20m gacha ob’ektlar tushirilgan fotorasmlarni tahlil qilish orqali E.Xabbl tomonidan 1934 yilda bajarildi. Xabbl shu yo‘l bilan 1 kvadrat gradusli maydonga 20m gacha ravshanlikdagi 131 galaktika to‘g‘ri kelishini aniqladi. Butun sferaga to‘g‘ri keladigan galaktikalar soni esa ga teng chiqdi. Dunyodagi eng yirik teleskop yordamida 24 yulduz kattaligigacha ob’ektlarni (jumladan galaktikalarni ham) ko‘rish mumkinligiga e’tibor qilinsa, unda butun sferada 1,4 milliard galaktikani kuzatish mumkin bo‘ladi.
Xabbl, shuningek, barcha yo‘nalishlar uchun Zeeliger teoremasi o‘rinli ekanligini isbotlab, galaktikalarning fazoda taqsimlanishi birjinsligina bo‘lmay, balki izotrop, ya’ni barcha yo‘nalishlarda bir xil ekanligini ham aniqladi.
Bu masalani sinchiklab o‘rganish, 40 kpk dan kichik masofada galaktikalar alohida guruh va to‘daga birlashishlarini ko‘rsatadi. Bizning Galaktikamiz, Andromeda (M31), Uchburchak yulduz turkumidagi galaktika (M33), Katta va Kichik Magellan bulutlari va boshqa yana bir qancha yulduz sistemalari birgalikda (jami 35 taga yaqin galaktika) Mahalliy galaktik to‘dani hosil qilishi ma’lum bo‘ladi.
Ayni paytda shu xildagi 4000 ga yaqin galaktikalarning to‘dasi ma’lum. Bunday to‘dalarning o‘rtacha diametri 8 Mpk atrofida. Yirik galaktik to‘dalardan biri Veronika Sochlari yulduz turkumida proeksiyalanib salkam 40 000 ga yaqin galaktikani o‘zichiga oladi.


8.8- rasm

U bizdan 70 Mpk masofada joylashib, diametri 12 gacha cho‘zilgan. Bizning Mahalliy to‘damizga eng yaqin galaktik to‘da, 12 Mpk masofada bo‘lib, u Sumbula yulduz turkumiga proeksiyalanadi. Unda ettita gigant galaktika (ulardan biri Sumbula A radiogalaktikasi) va o‘nta gigant spiral galaktika kuzatiladi. Bu gigant galaktikalar, bir necha mahalliy galaktikalar to‘dasi (jumladan bizning Mahaliy to‘damizni ham) o‘z ichiga olgan o‘ta galaktikaning quyulmasi bo‘lishi ham mumkin degan taxmin bor. Bunday o‘tagalaktikaning diametri 40 Mpk bilan baholanadi. Bugunga kelib astronomlar, quvvatli teleskoplar yordamida, shunga o‘xshash, har biri o‘nlab mahalliy galaktik to‘dani o‘z ichiga olgan 50 ga yaqin o‘ta galaktikani ro‘yxatga olgan.




Yüklə 2,82 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   135   136   137   138   139   140   141   142   ...   154




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə