Umumiy astronomiya



Yüklə 2,82 Mb.
səhifə137/154
tarix28.11.2023
ölçüsü2,82 Mb.
#133263
1   ...   133   134   135   136   137   138   139   140   ...   154
UMK Umumiy astronomiya Fizika

Tip

E

SO

S

Ir I

Ir II

Pekulyar

Jami

Soni

199

329

934

39

13

14

1530

% i

13

21.5

61.1

2.55

0.85

0.9

100

spiral galaktikalar tashkil etadi. O‘rta hisobda esa foiz jihatidan munosabat quyidagichadir:



E : SO : S : Ir q 13 : 22 : 61 : 3. (8.2)


§ 8.2. Galaktikalarning maxalliy guruxi

Bizning Galaktikamiz yakka holdagi avtonom ob’ekt bo‘lmay, balki u galaktikalarning mahalliy guruhiga kirishi birinchi bo‘lib E.Xabbl tomonidan aytib ketilgan edi. Darhaqiqat, ushbu bashorat oxirgi o‘n yilliklar ichida to‘la tasdiqlanib, bugun 35 ga yaqin maxalliy galaktikalar fizik va dinamik bog‘langan gravitatsion sistemani tashkil qilishi aniqlangan. Galaktikalarning mahalliy guruhining o‘lchami kamida 2 Mpk = 2000 kpk (Galaktikamiz o‘lchami optik to‘lqinlarda 30 kpk). Ushbu mahalliy guruh (MG) tuzilishi bo‘yicha shartli ravishda 2 ta kichik guruhning yig‘indisidan iborat deyish mumkin: 1) Galaktikamiz atrofida tahminan 10 dan ortiq galaktikalardan iborat guruhcha; 2) taxminan 20 ta galaktikadan tashkil topgan Andromeda tumanligi (M31) guruhchasi. Ikkinchi guruhcha birinchisiga nisbatan o‘lchami va massasi bo‘yicha kamida 1,5 marta katta. Buning sababi avvalambor M31 ning o‘zi shuncha marotaba bizning Galaktikamizdan katta ekani va nihoyat eng yirik yo‘ldoshi M33 spiral galaktika ekanligi bilan bog‘liq. 9-jadvalda MGning bugungi kunda ma’lum bo‘lgan a’zolari ularning eng zarur xarakteristikalari asosan Sidney van den Bergning 1999 yildagi ma’lumotlariga ko‘ra berilgan [6]. MGning barcha a’zolari massalarini alohida aniqlash haddan tashqari qiyin masala, lekin o‘zining optik diapazondagi to‘la massasi hisob-kitoblarga ko‘ra (2,3 ± 0,6) x 1012 Mq teng bo‘lib, bunda ko‘rinmas massa umuman hisobga olinmagan. MGning inersiya markazi Andromeda tumanligi va Galaktikamiz orasida joylashgan bo‘lib bizdan taxminan 460 kpk masofada joylashgan va u M31 ga ancha yaqin (≈300 kpk). Ikkita oilaning tashqarisidagi asosiy massani ayrim mitti noto‘g‘ri galaktikalar tashkil qiladi. Ushbu MGning to‘la yorqinligi –22m absolyut yulduziy kattalik bilan xarakterlanib massaning bu yorqinlikka nisbati taxminan 44 ± 12 ga teng. Uning tashqi chegarasiga yaqin joylarida optik diapazonda ko‘rinmaydigan ayrim noyob galaktikalar bor. Masalan, Baade ob’ekti kuzatilib, uning o‘lchami atigi 5 kpk, massasi esa 4 x 108 Mq dir.


Quyosh sistemasi MGga nisbatan 306 ± 18 km/sek tezlikka ega bo‘lib, bu xarakat galaktik koordinatalari l = 990, b = -40 nuqta tomonga yo‘nalgan MGning ichki qismida ob’ektlarining tezlik dispersiyasi 61 ± 8 km/sek. Bugungi kunda uning faqat 8 ta galaktikasi uchun nuriy tezlik qiymatlari noma’lum. 9-jadvalning oxirgi ustunida har bir galaktikaning inersiya markazidan uzoqligi qiymatlari berilgan. Bu bo‘yicha osongina MG xaritasini tuzish mumkin. Nuriy tezlik, masofa r va astronomik koordinatalari yordamida MGda ayrim qo‘shaloq va karrali galaktikalarni aniqlash mumkin. Ko‘rinib turibdiki M31, M32, NGC 205 va And III galaktikalar uchun yuqoridagi parametrlar deyarli bir xil.
Bugungi kunda qator kuzatuvchi astrofiziklar MG tuzilishi va fizik xarakteristikalari bo‘yicha faol tadqiqot olib borishmoqda. MG a’zolari yildan-yilga asta oshib boryapdi. O‘rta hisobda bir yilda 1-2 yangi galaktika (asosan mitti) a’zo ekanligi ko‘rsatib kelinmoqda. Shunga qaramay, mavjud a’zolar statistikasi etarlicha o‘rganilgan.
Xususan, MG uchun yorqinlik taqsimoti quyidagi funksiya orqali approksimatsiya qilingan [6]:

(8.3)

Bu erda L* - xarakteristik yorqinlik, α = -1,1 ± 0,1. MG galaktikalari uchun absolyut yulduziy kattalik bilan galaktikalar metalliyligi [Fe/H] orasidagi empirik munosabat





Yüklə 2,82 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   133   134   135   136   137   138   139   140   ...   154




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə