Umumiy astronomiya


Dars davomida talabalarga beriladigan masalalar



Yüklə 2,82 Mb.
səhifə146/154
tarix28.11.2023
ölçüsü2,82 Mb.
#133263
1   ...   142   143   144   145   146   147   148   149   ...   154
UMK Umumiy astronomiya Fizika

Dars davomida talabalarga beriladigan masalalar.

1. Yulduzlararo vodorod chizig’i Н10 ni (elektronning 11-dan 10-chi satxga o’tishi) Yerdan turib kuzatsa bo’ladimi?


2. Vodorodning rekombinatsion radiochizig’i Н n (n>>1) ning to’lqin uzunligini chamalab ko’ring.
3. Vodorodning rekombinatsion radiochiziqlari n, n, n, n chastota bo’yicha ekvidistant ekanligini isbotlang.
4. =5000 Å to’lqin uzunlikdagi nurlanish ikkinchi satxda joylashgan vodorod atomlarini ionlashtira oladimi?
5. Teleskopda bir hil ravshanlikka ega va bir-biriga juda yaqin joylashgan yulduz ko’rinmoqda. «Qurollanmagan» ko’zga ular bitta bo’lib qo’shilib ketgan. Ularning natijaviy ravshanligi har birining yulduz kattaligidan qanchaga farqlanadi ?
6. Yerdagi enf yirik teleskoplar (hususan, 10-metrli Kek teleskopi) orqali 28m yulduz kattalikdagi yulduzlarni kuzatsa bo’ladi. U yulduzlar «qurollanmagan» ko’zga ko’rinadigan eng xira yulduzlarga nisbatan qanchalik xira?
7. Yorituvchanligi bir xil ikkita yulduzlarning yulduz kattaliklari ayirmasi 2m.5 ga teng. Biri ikkinchisidan qanchalik uzoqda joylashgan ?
8. Yulduzgacha masofa 100 pk va uning ko’rinma yulduz kattaligi m=6m. Uning Absolyut yulduz kattaligi nechiga teng ?

Uyga vazifa
1. Sayyoraning ro’baro’ turishdagi yulduz kattaligi birlashishidagiga nisbatan 3m.43 ga kichik. Bu qaysi sayyora bo’lishi mumkin ?
2. To’siluvchan qo’shaloq sistema bir xil komponentalarga ega. Bitta komponenta to’liq to’silgan momentida sistemaning ravshanligi necha yulduz kattalikga o’zgaradi ?
3. 100-vattli lampochka 0-chi yulduz kattalikgadi yulduz bo’lib ko’rinishi uchun uni qanday masofaga joylashtirish lozim bo’ladi ?
4. Yulduzning absolyut yulduz kattaligi M = –2m, uning ko’rinma yulduz kattaligi esa m = 8m. Usbu yulduzgacha masofani toping.

Foydalanilgan adabiyotlar:



  1. Karttunen H. et. al. // Fundamental astronomy, Springer, 2007

  2. Nuritdinov S.N. Tadjibayev I.U. Ziyaxanov R.F. // Umumiy astronomiyadan masalalar to’plami, O‘zMU, Toshkent, 2013



Yüklə 2,82 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   142   143   144   145   146   147   148   149   ...   154




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə