Umumiy doc



Yüklə 2,8 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə129/387
tarix28.11.2023
ölçüsü2,8 Mb.
#136282
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   387
Texnologik jarayonlarni nazorat qilish va avtomatlashtirish Yusupbekov

Оптик
 – 
акустик
 
компенсацион
 
газ
 
анализаторининг
 
схемаси
.
 
PDF created with pdfFactory Pro trial version 
www.pdffactory.com


198 
oqimi, chap silindriga esa zaiflashmagan oqimi kiradi. Bu esa silindrlardagi gaz 
harorati va bosimining farqlari hosil bo‘lishiga olib keladi. 
Obtyurator uzluksiz nur chiqarib turganida nur qabul qilgich silindrlaridagi gaz 
soviydi va bosim kamayadi, natijada silindrlarda bosimning vaqti-vaqti bilan 
pulsasiyalanishi yuz beradi. Gaz analizatorning ko‘rsatishlari aniqligini oshirish 
uchun silindrlariga inert gazlari qo‘shilgan tahlil qilinayotgan gaz to‘ldiriladi. Hyp 
qabul qilgichning silindrlari faqat tahlil qilinayotgan komponent va infraqizil nurlarga 
inert bo‘lgan azot bilan to‘ldirilgani uchun bosimning pulsasnyalanishi faqat tahlil 
qilinayotgan gaz yutadigan nurlanish spektri hisobigagina vujudga keladi. SHunday 
qilib, asbobda tanlab yutishga va tahlil qilishga erishiladi. 
Hyp qabul qilgich 9 da bosimning o‘zgarishi kondensatorli mikrofon 10 da 
o‘zgaruvchan tokka aylanadi. Bu tok kuchaytirgichida kuchaytirilib, reversiv dvigatel 
12 ga beriladi va uning rotori aylana boshlaydi. Bu erda, kompensasiyalovchi 
kamera 13 ning qaytaruvchi porsheni biror tomonga surilib, yutuvchi qatlamning
qalinligini oshiradi yoki kamaytiradi. Nur qabul qilgich silindrlariga tushayotgan nur 
oqimlari bir-biriga teng bo‘lib qolgan paytda nur qabul qilgichdan chiqayotgan elektr 
signali yo‘qoladi va dvigatel to‘xtaydi. SHunday qilib, kamera 13 porshenining 
vaziyati doimo tahlil qilinayotgan komponent konsentrasiyasiga mos keladi. 
Porshenning bu vaziyati o‘z navbatida reoxord 14 orqali ikkilamchi asbob 15 bilan 
qayd etiladi. Uglerod qo‘shoksidini o‘lchash chegaralari 0—1 dan O—100% gacha. 
Asosiy xatolik ±2,5%. Gaz aralashmasi sarfi 8,3 sm
3
/s, bosim 0,3 kPa. Ko‘rsatishlarni 
aniqlash vaqti 30 s. CHiqish signali 0—5 mA. 
Bayon qilingan OA-2209 turidagi gaz analizatori differensial (ikki nurli, ikki 
kanalli) kompensasiyalovchi asbobdir. Uning asosiy kamchiligi nurlatkichlarning 
eskirishi, ish kyuvetlarining ifloslanishi, shishalar shaffofligining o‘zgarishi va shu 
kabilar tufayli shkala noli vaziyatining o‘zgarib turishidir. 
Bevosita o‘lchaydigan bir nurli gaz analizatorida nolning turg‘unligi ancha 
yuqori bo‘ladi. Bu asbob differensial asbobga qaraganda tanlovchanligi yuqoriligi 
bilan farq qiladi. Masalan, metanni tahlil qilishda SO
2
, SO va namning ta’siri bir nurli 
asbob uchun ikki nurli asbobga qaraganda 3—5 marta kam bo‘ladi. 
PDF created with pdfFactory Pro trial version 
www.pdffactory.com


199 
Ultrabinafsha nurlari yutiladigan gaz analizatorlarida havodagi simob bug‘lari 
konsentrasiyasini, xlor, vodorod sulfid, azot qo‘shoksidi va boshqa moddalarning 
konsentrasiyasini o‘lchashda qo‘llaniladi. 
Ultrabinafsha nurlarning manbai simobli lampalar bo‘lib, ular chiqargan 
nurlarning ko‘p qismi ultrabinafsha nurlar bo‘ladi. Nurlanishni qo‘shimcha 
monoxromatlash uchun shisha svetoforlardan foydalaniladi, ular tahlil qilinayotgan 
modda yutilishining maksimumi vaziyatiga qarab tanlanadi. 
Ultrabinashfa nurlanishni elektr signaliga aylantirish uchun fotoelementlar va 
fotorezistorlardan foydalaniladi. 
Amalda ultrabinafsha nurlarni yutadigan elektr kompensasiyali ikki nurli gaz 
analizatorlari, optik kompensasiyali gaz analizatorlari, shuningdek, bevosita 
o‘lchaydigan, ultrabinafsha nurlarni yutadigan bir nurli gaz analizatorlari ham 
ishlatiladi. 
6.6-rasmda bir nurli ultrabinafsha nurlarni yutadigan gaz analizatorning blok-
sxemasi ko‘rsatilgan. Asbobda bitta manba 1 va bitta foto qabul qilgich 8 bor. 
Manbaning nurlanishini elektr dvigatel 2 aylantiradigan obtyurator 3 uzadi va u 
qarama-qarshi fazalarda o‘zgaradigan ikkita bir xil oqimga bo‘linadi. Bu oqimlarning 
har qaysisi tegishli optik yorug‘lik filtri — ish filtri 5 va taqqoslash filtri 6 dan o‘tadi. 
Filtrlarning shaffoflik polosalari berkitilmaydi va f
1
, f
2
chastotalar chegarasida 
to‘plangan. Nurlarning filtrlangan oqimlari ish kyuveti 7 dan o‘tadi, bu kyuvet orqali 
nurlanishni f
1
chastotada yutadigan tahlil qilinayotgan gaz kyuvet 7 ga haydaladi, 
so‘ngra oqim umumiy nur qabul qilgichga keladi. Kyuvet 7 da tahlil qilinayotgan, 
komponent bo‘lmaganida ish va taqqoslash oqimlarining jadalligi nolni rostlash 
6.6 – 
расм

Yüklə 2,8 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   387




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə