Umumiy doc


Konduktometrik gaz analizatorlari



Yüklə 2,8 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə131/387
tarix28.11.2023
ölçüsü2,8 Mb.
#136282
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   ...   387
Texnologik jarayonlarni nazorat qilish va avtomatlashtirish Yusupbekov

Konduktometrik gaz analizatorlari
gaz aralashmasining o‘lchanadigan 
komponentini absorbsiyalovchi yutuvchi eritmalarning elektr o‘tkazuvchanligini 
o‘lchashga asoslangan. 
Kontaktli konduktometrik usullar shu bilan xarakterlanadiki, yutuvchi eritma 
o‘lchash yacheykasining elektrodlari bilan bevosita kontaktlashadi. Bu asboblar 
murakkab qurilmalar bo‘lishni talab qilmaydi, ko‘rsatishlarni bevosita hisoblab 
borishga imkon beradi, tayyorlanishi va ishlatilishi sodda. 
YUtuvchi eritma sifatida, odatda, shunday eritma tanlanadiki, u tahlil 
qilinayotgan komponent bilan qaytmas reaksiyaga kirishadi. 
PDF created with pdfFactory Pro trial version 
www.pdffactory.com


201 
Dissosiasiyalangan molekulalar soni kamayishi natijasida eritmaning elektr 
o‘tkazuvchanligi yutilgan komponent miqdoriga mutanosib ravishda kamayadi. 
YUtuvchi eritmalar tahlil qilinayotgan komponent bilan qaytmas reaksiyaga kirishi 
natijasida asbob kanalchalarining devorlarida hamda o‘lchash elektrodlarida 
cho‘kmalar hosil bo‘ladi, bu esa o‘lchash natijalarini xato ko‘rsatadi va 
komponentlarning 
mikrokonsentrasiyalarini 
aniqlashda 
gaz 
analizatorlaridan 
foydalanishni cheklab qo‘yadi. 
Konduktometrik 
o‘lchashlar 
uchun 
o‘lchanayotgan 
komponent 
absorbsiyasining qaytar reaksiyalaridan ham foydalanish mumkin; ularning 
afzalliklari: reaksiyalarda cho‘kmalar absorbsiyalanmaydi va yutuvchi eritmalarning 
regenerasiyalanish imkoni bor. Biroq, ko‘pgina hollarda bunday yutuvchi 
eritmalarning tanlash darajasi kam bo‘ladi. 
6.7- rasmda konduktometriya prinsipida ishlaydigan gaz analizatorning sxemasi 
keltirilgan. Tahlil qilinadigan gaz kapillyar naycha 1 orqali o‘tadi va reaksiya 
boradigan idish 2 hamda chulg‘amli naycha 3 ga beriladi, u erda aniqlanadigan 
komponent o‘zgarmas tezlikda berib turiladigan elektrolit eritmasi bilan 
absorbsiyalanadi. SHundan keyin elektrolit eritmasi bir juft elektrodlari 5 turgan 
o‘lchash yacheykasidan o‘tadi, gaz fazasi esa gaz analizatoridan naycha 6 orqali 
chiqariladi. Taqqoslash elektrodlari 7 naychada turadi, bu naycha orqali elektrolitning 
yangi eritmasi beriladi. 
PDF created with pdfFactory Pro trial version 
www.pdffactory.com


202 
SHunday 
qilib, 
gaz 
analizatorlarida 
elektrolit 
eritmasining 
elektr 
o‘tkazuvchanligi 
o‘lchanayotgan 
komponent 
absorbsiyalanguncha 
va 
absorbsiyalangandan keyin o‘lchanadi. O‘tkazuvchanlik qiymatlaridagi farqlar 
aniqlanadigan komponentning ikkilamchi asbob 8 yordamida o‘lchanadigan 
konsentrasiyasiga mutanosib bo‘ladi. Elektroliz vaqtida cho‘kmalar hosil bo‘lishining 
oldini olish uchun yacheyka elektrodlariga o‘zgaruvchan kuchlanish beriladi, keyin 
bu kuchlanish to‘g‘rilanadi. 
Elektr o‘tkazuvchanlikni o‘lchashga asoslangan gaz analizatoridan O
2
, CO
2

H
2
S, SO
2
, NH
3
, suv bug‘i va boshqa komponentlarni tahlil qilishda foydalanish 
mumkin. 

Yüklə 2,8 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   ...   387




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə