254
6.41-rasmda membranali pnevmatik viskozimetrning sxemasi keltirilgan.
Tekshiriladigan suyuqlik nasos-dozator 1 yordamida so‘rib olinadi va issiqlik
almashgich 2 orqali silindrik idish 3 ga haydaladi, u erdan kapillyar 4 orqali sig‘im 5
ga oqib chiqadi.
Kapillyar 4 idish 3 ning yon devorida
joylashgan bo‘lib, gidravlik kamera 7 ning
yuqorigi membranasi 6 shu idishning tubi
bo‘lib xizmat qiladi. Gidravlik kamera
ostida chiqarish soplosi 9 bilan pnevmatik
kamera 8 joylashgan. Havo pnevmatik
kameraga ma’lum 0,14 MPa bosim bilan
doimiy drossel 10 orqali beriladi. Asbob
aralashtirgichli
dvigatel
12
bilan
ta’minlangan termostat 11 da joylashgan.
Tekshirilayotgan suyuqlikning qovushoqligi o‘zgarganda uning idish 3 dagi
sathi o‘zgaradi. Buning natijasida gidravlik kameraning yuqorigi membranasi egiladi
va u o‘z navbatida qapqoq vazifasini bajaruvchi membrana 6 ni egilishga majbur
etadi. Natijada soplo 9 ning ochilish yoki yopilish darajasini o‘zgartiradi, bu soplo
pnevmatik kamera 8 ni atmosfera bilan tutashtirib turadi, bu erda, kamera 8 da havo
bosimi o‘zgaradi va bu o‘zgarish o‘lchash asbobi 13 yordamida o‘lchanadi. uning
shkalasi bevosita kinematik qovushoqlik birliklarida darajalangan.
6.42- rasmda zoldirli pnevmatik viskozimetrning sxemasi keltirilgan.
Pnevmokamerani atmosfera bilan tutashtiruvchi zoldirli klapanning qo‘llanilishi juda
yuqori aniqlikda o‘lchashni ta’minlaydi.
6.41 –
расм
.
Dostları ilə paylaş: