261
aylantiruvchi moment uzatiladi. Bu aylantiruvchi moment
suyuqlik qovushoqligiga
mutanosib bo‘lib, hisoblash asbobi bilan bog‘langan silindrik prujina 4 yordamida
muvozanatlanadi.
Aylanuvchi diskli viskozimetrlardan suyuqliklarning
qovushoqligini uzluksiz
o‘lchashda ham foydalanish mumkin.
Rotasion viskozimetrlarning o‘zgarmas koeffisientlari analitik ravishda yoki
etalon suyuqliklar bo‘yicha tajriba yo‘li bilan aniqlanadi. Rotasion viskozimetrlarning
o‘lchash chegarasi 0,01...1000 Pa s.
Tebranishli viskozimetrlar
Keyingi yillarda katta o‘lchash chegaraga, yuqori sezgirlikka
va aniqlikka ega
bo‘lgan, shuningdek, har xil sharoitlarda turli muhitlarni
tahlil qiluvchi umumiy
afzalliklarga ega bo‘lgan tebranishli viskozimetrlar keng tarqalmoqda.
Tebranishli viskozimetrlarning ishlash prinsipi
nazorat
qilinayotgan
muhitga cho‘ktirilgan sezgir element tebranishi so‘nish darajasining shu muhit
qovushoqligiga bog‘liqligiga asoslangan. Tuzilish jihatdan
tebranishli asboblar
elektromagnitli
va
ultratovushli
bo‘ladi.
Elektromagnitli (past chastotali) viskozimetrlari 1
kGs gacha va ultratovushli asboblar 10—1000
kGs chastotalarda ishlaydi.
6.47-rasmda
ko‘rsatilgan
elektromagnit
tebranishli
viskozimetrning
ishlash
prinsipi
quyidagicha. Idish 6 dagi nazorat qilinayotgan
suyuqlikka sezgir element — po‘lat plastinka 3
ning bur uchi tushiriladi.
Uning yuqorigi qismi
maxsus qisqichli asbob 2 ga mahkamlangan.
Idish 6 termostatlovchi qurilma 7 ga o‘rnatiladi. Elektromagnit 1 yordamida po‘lat
plastinka 3 rezonans tebranishli harakatga keltiriladi. Tekshirilayotgan suyuqlikning
qovushoqligini o‘lchashda po‘lat plastinka tebranishlarining amplitudasi o‘zgaradi.
6.47 –
расм
.
Dostları ilə paylaş: