263
ket uyg‘onishidagi vaqt oralig‘i kattaligidan iborat. Suyuqlik qovushoqligi qancha
katta bo‘lsa, impulslar orasidagi vaqt oralig‘i shuncha kichik bo‘ladi. O‘lchash signali
detektordan ikkilamchi asbob 7 ga keladi.
Qovushoqlik birligida darajalangan o‘lchash asbobi impulslar intervalining
o‘rtacha qiymatini o‘lchaydi. Asbobning o‘lchashdagi xatoligi ±1%.
Ultratovushli viskozimetrlar texnologik oqimlardagi turli suyuqliklarni
uzluksiz nazorat qilish uchun ishlatiladi. Bu viskozimetrlarning o‘lchash chegarasi
0,0001...100 Pa
∙
s
Tebranishli, ayniqsa, ultratovushli viskozimetrlarning qo‘llanilish sohasi
Nyuton suyuqliklari bilan cheklab qo‘yiladi, bu suyuqliklarning qovushoqligi
mexanik ta’sir jadalligiga bog‘liq bo‘lmaydi. Nyuton suyuqliklarda ular kamaytirib
ko‘rsatadi, bu holda ham ulardan faqat qovushoqlik indikatorlari sifatidagina
foydalanish mumkin.
6.6- §. MODDALARNING NAMLIGINI O‘LCHASH
Gazlar, suyuq muhit va qattiq jismlarning namligi kimyo, oziq-ovqat,
metallurgiya, neft-gaz, to‘qimachilik sanoatida va boshqa sanoat tarmoqlaridagi
hamda qurilishdagi ko‘pgina texnologik jarayonlarning muhim ko‘rsatkichlaridan
hisoblanadi.
Har qanday jismda namlikning mavjudligi uning mutlaq (absolyut) hamda
nisbiy namligi bilan xarakterlanadi.
Gazning mutlaq namligi
deyilganda normal sharoitlarda 1,0 m
3
gaz
aralashmasidagi suv bug‘i massasi tushuniladi. Mutlaq namlikning birliklari g/m
3
yoki kg/m
3
.
Nisbiy namlik
deyilganda 1,0 m
3
aralashmadagi suv bug‘i massasi (hajmi)ning
shu haroratdagi 1,0 m
3
aralashmadagi suv bug‘ining maksimal massasi (hajmi)ga
nisbati tushuniladi. Nisbiy namlik o‘lchovsiz kattalik, ba’zan u foizlarda ifodalanadi.
Materialdagi nam miqdorini miqdor jihatidan xaraqterlash uchun ikkita kattalik
— nam saqlami va namlikdan foydalaniladi.
Nam jism massasining mutlaq quruq material massasiga nisbati
Dostları ilə paylaş: