259
Suyuqlik oqimi zoldir 1 ni boshlang‘ich holatga shesternyali nasos 2
yordamida ko‘taradi. Bu shesternyali nasos elektr dvigatel 3 ga ega. Zoldirni
ko‘tarish bilan birga nasos suyuqlikdan
namuna olib, uni sinaydi. Zoldir yuqorigi
cheklovchi to‘rga etgach, nasos to‘xtaydi, zoldir harakatsiz muhitda erkin pastga
tushadi. Induksion g‘altaklar 7 orqali zoldirning belgilangan yo‘l
l
dan o‘tish
vaqti
hisoblanadi. Zoldirning induksion g‘altaklardan o‘tishida nomuvozanatlik signallari
hosil bo‘ladi va bu signal elektron kuchaytirgich 6 orqali kuchaytiriladi.
SHesternyali nasosning avtomatik ravishda ulanishi va vaqtning hisoblanishi rele
bloki 4 va o‘lchash asbobi 5 yordamida bajariladi.
Asbobning o‘lchash chegaralari induksion g‘altaklar
orasidagi masofa
l
va
zoldir diametrining o‘zgarishi bilan tanlanadi. Bunday asboblarda 100 Pa
∙
s
chegaradagi suyuqlik qovushoqligini o‘lchash mumkin. Asboblarning o‘lchash
aniqligi ±2%.
Rotasion viskozimetrlar
Suyuqliklar qovushoqligini o‘lchashda hamda ularning reologik xususiyatlarini
o‘rganishda
rotasion
viskozimetrlardan
foydalanish
qulay.
Bu
asboblar
tekshirilayotgan suyuqlik hosil qiluvchi qarshilik momentlari va aylantiruvchi
momentlarni o‘lchashga asoslangan.
Qovushoq suyuqlikda jism aylanganida qovushoqlik qarshiligi teskari ta’sir
etuvchi moment hosil qiladi. Agar jism doimiy tezlik bilan aylansa,
bu moment
suyuqlik hosil qiladigan aylantiruvchi momentga teng va dinamik qovushoqlikka
mutanosib bo‘ladi:
M=K
∙μ∙
ω
, (6.50)
bu erda M — aylantiruvchi moment, Nm; K — asbob doimiysi;
μ
— dinamik
qovushoqlik, Pa
∙
s;
w
— aylanuvchi jismning burchak tezligi, 1/s.
Rotasion viskozimetrlar aylanuvchi jism shakli va aylantiruvchi momentni
o‘lchash usuliga ko‘ra bir-biridan farq qiladi. Boshqa asboblarga
nisbatan koaksial
silindrli, aylanuvchi jism va tahlil qilinayotgan suyuqlikka cho‘ktiriladigan
aylanuvchi parallel diskli asboblar ko‘proq ishlatiladi. 6.46 - rasmda rotasion
viskozimetr turlarining prinsipial sxemalari ko‘rsatilgan.
PDF created with pdfFactory Pro trial version
www.pdffactory.com
260
Koaksial silindrli viskozimetr (6.46-rasm, a) tashqi silindri tahlil qilinayotgan
suyuqlik bilan to‘ldirilgan ikki silindrdan iborat. Tashqi silindr 2 o‘zgarmas
tezlik
bilan aylanganda dvigatel 1 ta’sirida suyuqlik stasionar aylanish holatiga keladi va
aylantiruvchi momentni ichki silindr 3ga uzatadi. Bu silindrni tinch holatda saqlash
uchun
silindrga kattaligi teng, lekin teskari ishorali kuch momenti ta’sir qilishi
kerak. Bu kuch, rasmda ko‘rsatilganidek, kalibrlangan yuk 4 yordamida hosil
qilinadi.
Laminar harakatda kuch momenti bilan ko‘rilayotgan
suyuqlikning
qovushoqligi quyidagicha bog‘langan
2
2
2
2
r
R
r
R
w
l
M
−
⋅
⋅
⋅
⋅
=
µ
π
, (6.51)
bu erda, M — kuch momenti, N • m; l — ichki silindrning uzunligi, m; w — tashqi silindr aylaniishining
burchak tezligi, 1/s; R va g — tashqi va ichki silindrlarning radiusi, m.
Viskozimetrlarning tashqi va ichki silindri harakatsiz bo‘ladi.
Tekshiriladigan suyuqlikka cho‘ktiriladigan aylanuvchi jism (6.46- rasm, b)
sharsimon yoki silindrik rotor 1 kabi ishlaydi. Bu rotor dvigatel 2 yordamida
o‘zgarmas aylanishlar chastotasi bilan aylantiriladi. Suyuqlikning rotor aylanishiga
ko‘rsatilgan qarshiligi maxsus qurilma 3 yordamida o‘lchanadi.
Aylanuvchi diskli viskozimetr (6.46- rasm, v)
tekshirilayotgan suyuqlikka
cho‘ktirilgan ikki parallel disk 2 va 3 dan iborat. Disk 2 dvigatel 1 yordamida ravon
aylanadi. Tekshirilayotgan suyuqlikning qovushoqlik xususiyati tufayli disk 3 ga
6.46 –
расм
.
Dostları ilə paylaş: