Umumiy doc


Muvozanatlashtirilgan avtomatik ko‘prikning prinsipial sxemasi



Yüklə 2,8 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə47/387
tarix28.11.2023
ölçüsü2,8 Mb.
#136282
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   387
Texnologik jarayonlarni nazorat qilish va avtomatlashtirish Yusupbekov

Muvozanatlashtirilgan avtomatik ko‘prikning prinsipial sxemasi

R
p
— reoxord; R
sh
— reoxord shunti, u R
p
qarshiligini belgilangan qiymatga etkazib turish uchun xizmat 
qiladi; R
n
— o‘lchash oralig‘ini belgilash qarshiligi; R
d
— shkala boshlang‘ich qiymatini rostlovchi ko‘shimcha 
karshilik; R
1
, R
2
, R
3
— ko‘prik sxemasining qarshiliklari; R
b
— tokni cheklovchi ballast qarshilik; R
t
— qarshilik 
termometri; R
l
— liniya qarshiligini rostlovchi qarshilik; EK — elektron kuchaytirgich; RD — asinxron kondensatorli 
reversiv dvigatel; SD — diagramma lentasini siljituvchi sinxron dvigatel. 
Ko‘prikli o‘lchash sxemasidagi barcha qarshiliklar manganin simdan 
tayyorlanadi. 2.20- rasmdan ko‘rinib turibdiki, qarshilik termometri uch simli 
o‘lchash sxemasi usulida ulangan. Bu holda termometrni ko‘prik bilan ulaydigan 
simlarning qarshiligi ko‘prikning R
t
va R
1
elkalariga taqsimlanadi. SHuning uchun
atrof-muhit haroratining o‘zgarishi natijasida ulangan simlar qarshiligining o‘zgarishi 
sababli hosil bo‘lgan xatolik qiymati kamayadi. Termometr qarshiligi R
t
ning 
o‘zgarishi natijasida ko‘prik sxemasining muvozanati yo‘qoladi, a va b cho‘qqilardan 
kuchaytirgichning kirish qismiga nobalans kuchlanish keladi. Kuchaytirgich bu 
kuchlanishni reversiv dvigatel ishga tushguncha kuchaytiradi. Dvigatelning chiqish 
vali reoxord sirpang‘ichi va karetka bilan kinematik bog‘langanligi uchun bu val 
PDF created with pdfFactory Pro trial version 
www.pdffactory.com


83
ularni noballast kuchlanish kamayib, nolga teng bo‘lguncha siljitadi. Ko‘prik sxema 
muvozanat holatiga kelganda reversiv dvigatelning rotori to‘x-taydi, reoxord 
sirpang‘ichi esa ko‘rsatkichli karetka bilan birga o‘lchanayotgan termometr 
qarshilngiga teng xolatni egallaydi. 
O‘zgarmas tok manbaidan ishlaydigan muvozanatlashtirilgan ko‘prikning 
o‘lchash sxemasi ham yuqoridagiga o‘xshash, faqat uning elektron kuchaytirgichi 
tebranish o‘zgartgichi bilan ta’minlangan. SHuning uchun, uning kuchaytirish qismi 
potensiometrnikiga o‘xshash. 
Muvozanatlashtirilgan avtomatik ko‘priklar quyidagi afzalliklarga ega: 1) 
ko‘prikning ko‘rsatishi ta’minlash kuchlanishiga bog‘liq emas; 2) asbobning 
ko‘rsatishi harorat o‘zgarishi bilan chiziqli bog‘langan; 3) o‘lchashlar (ko‘prikni 
mvozanatlashtirish) avtomatik amalga oshiriladi; 4) termoqarshilik ulashning uch 
simli usuli ulash simlari qarshiligining o‘zgarishidan hosil bo‘lgan ko‘rsatishlardagi 
xatoligini keskin kamaytirish yoki hatoni yo‘qotish imkonini beradi. 
Kamchiliklariga quyidagilar kiradi: 1) sxemada muvozanatlashtirish uchun 
qurilmaning zarurligi; 2) kichik qarshiliklarni o‘lchash qiyinligi yoki mutlaqo 
mumkin emasligi. 

Yüklə 2,8 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   387




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə