Datchiklar ulangan UVR – 011 ultratovush vaqt impulsli sarf o‘lchagich. 4.21 – rasmda datchiklar ulangan UVR – 011 ultratovush vaqt impulsli sarf
o‘lchagichning tuzilishi sxemasi keltirilgan.
PDF created with pdfFactory Pro trial version
www.pdffactory.com
155
4.21 – rasm. Datchiklar ulangan UVR – 011 ultratovush vaqt impulsli sarf o‘lchagichning tuzilishi sxemasi Sarf o‘lchagich truboprovodning tashqi tomonidan mantaj qilinadigan ikkita
elektroakustik o‘zgartkichni va mikroprosessor negizida ishlab tayyorlangan elektron
blokni o‘z ichiga oladi.
MikroEHM amalga oshiradigan o‘lchashlar sikli ultratovush impulsi nurlanish
yo‘nalishlaridan birini (masalan, oqim bo‘yicha) tanlashdan boshlanadi, bunga qabul
– uzatish kommutatorini tegishli holatga o‘rnatish yo‘li bilan erishiladi. Bunda EP2
signalni uzatadi, EP1 esa uni qabul qilib oladi.
Qabul qilingan signal kommutator orqali foydali signalni ajratish sxemasiga
keladi, u erda kuchaytiriladi va xalaqitlardan filtrlanadi. SHu erning o‘zida signalning
mavjudligi yoki yo‘qligi to‘g‘risida qaror qabul qilinadi, bu ultratovushli tebranishlar
yo‘qolib qolganda xato o‘lchashlarning kelib chiqishining oldni oladi, masalan
truboprovodni bo‘shatishda. Signalning tarqalish vaqtini aniqlash vaqt oraliqlarini
o‘lchash blokida amalga oshirilib, uning chiqishida
t T baho mikroEHM ga kelib
tushadi. So‘ngra mikroEHM buyrug‘iga ko‘ra nurlanish yo‘nalishi qarama –
qarshisiga o‘zgaradi va
t T signalning tarqalish vaqtining tavsiflangan o‘lchash tartibi
endi oqimga qarshi takrorlanadi. SHu bilan o‘lchash sikli tugallanadi, mikroEHM esa
PDF created with pdfFactory Pro trial version
www.pdffactory.com
156
V П D S Q G 2
900
=
m
3
/soat (4.35)
ifodaga muvofiq suyuqlik sarfining joriy qiymatini hisoblaydi. Bu erda S
G
–
tezliklarning profiliga bog‘liq bo‘lgan gidrodinamik koeffisientiga teskari
proporsional bo‘lgan xatolik.