200
zaslonkasi 4 ni surish yo‘li bilan baravarlashtiriladi.
Bu holda tizim muvozanatlashadi va foto qabul qilgichdan olinadigan farq
signali nolga teng bo‘ladi. Tahlil qilinayotgan gaz kyuvetga kirganida
f
1
chastotadagi
nurlanish oqimining jadalligi kamayadi,
f
2
chastotasidaginiki esa o‘zgarishsiz qoladi.
Foto qabul qilgich chiqishida farq signali hosil bo‘ladi va u kuchaytirgich 9 da
kuchaytiriladi. Farq signalining amplitudasi tahlil qilinayotgan komponent
konsentrasiyasining o‘lchovi bo‘lib xizmat qiladi. Konsentrasiya ikkilamchi asbob 10
bilan o‘lchanadi.
Harorat tufayli yuzaga keladigan xatoni yo‘qotish uchun asbob termostatlanadi.
O‘lchash chegaralari 0—30 mg/l; massa buyicha 0—3%; asosiy xatolik shkala
diapazonining ±4% i atrofida.
Elektr-kimyoviy gaz analizatorlari
Elektr-kimyoviy usullardan gazlarni va bug‘larni uzluksiz tarzda avtomatik
tahlil qilishda foydalaniladi. Ayniqsa bu usullar havodagi mavjud zaharli gazlarning
mikrokonsentrasiyasini, toza gazlar ishlab chiqarishda ifloslantiruvchi gazlar
konsentrasiyasini, shuningdek, suyuqliklarda erigan gazlar konsentrasiyasini aniqlash
uchun keng qo‘llaniladi.
Elektr-kimyoviy gaz analizatorlarida
biror komponentning konsentrasiyasi
aniqlanayotgan komponent bilan reaksiyaga kirishgan gaz aralashmasining elektr-
kimyoviy xossalarining o‘zarishiga qarab aniqlanadi. Quyida eng ko‘p tarqalgan
asboblar ko‘rib chiqiladi.
Dostları ilə paylaş: