197
mo‘ljallangan. Gaz analizatori uzluksiz ishlaydigan avtomatik asbob bo‘lib, qabul
qilgich bloki va ikkilamchi asbob KSU2 dan iborat.
Gaz
aralashmasidagi
tahlil
qilinayotgan
komponentning miqdori kompensasion usul bilan
o‘lchanadi. Elektr toki qizdiradigan ikkita nixrom
spiral 3 infraqizil nurlanish manbai bo‘lib xizmat
qiladi.
Nurlarning yo‘nalgan oqimini hosil qilish uchun
har qaysi spiral qaytargich 2 ning fokusiga joylashti
rilgan. Infraqizil nurlar oqimi qizigan spirallardan ayni
bir vaqtda obtyurator 4 yordamida 5 Gs chastota bilan
uziladi va ikki optik kanalga y
œ
naltiriladi, obtyuratorni
sinxron dvigatel 1 aylantiradi.
O‘ng kanalda infraqizil nurlarning uzlukli oqimi filtrlash kamerasi 5 va ish
miqdori kompensasion usul kamerasi 6 dan ketma-ket o‘tib, qaytaruvchi plastina 7
ning ortiga tushadi va undan nur qabul qilgich 9 ning o‘ng silindri 8 ga yo‘naladi.
CHap kanalda infraqizil nurlarning uzlukli oqimi filtrlash kamerasi 5 va
kompensasiyalovchi kamera 13 dan o‘tib, nur qabul qilgich 9 ning chap silindriga
tushadi. Faqat o‘lchanmaydigan komponent bilan to‘ldirilgan filtrlash kameralari 5
gaz analizatorlarning xatoligini qo‘shimcha ravishda kamaytirishga imkon beradi, bu
xatoliklarga gaz aralashmasida o‘lchanmaydigan komponentlar miqdorining
o‘zgarishi sabab bo‘ladi. Kompensasiyalovchi kamera 13 chap kanaldagi infraqizil
nurlar oqimining yo‘lida gaz aralashmasi qatlamining qalinligini o‘zgartirish,
shuningdek, bu oqimning yo‘nalishini o‘zgartirish uchun xizmat qiladi.
Tekshirilayotgan gaz aralashmasi ish kamerasi 6 orqali uzluksiz o‘tib turadi.
Agar aralashmada tahlil qilinayotgan komponent bo‘lmasa, u holda nur qabul
qilgichning kamerasiga infraqizil nurlarning bir xil oqimlari keladi, membrana
tebranmaydi va nur qabul qilgichdan signal chiqmaydi. Agar gaz aralashmasida
izlanilayotgan komponent bo‘lsa, u holda ish kamerasi 6 da infraqizil nurlarning
qisman yutilishi natijasida nur qabul qilgichning o‘ng silindriga ularning zaiflashgan
6.5-
расм
.
Dostları ilə paylaş: