192
Bu oqimda qizigan gaz aralashmasi termomagnit konveksiya hodisasi sababli
uzluksiz siqib chiqariladi. 6.3-rasmda termomagnit gaz analizatorining prinsipal
sxemasi
keltirilgan.
Tekshirilayotgan gaz aralashmasining harorati
issiqlik almashtirgich 1 yordamida turg‘unlashadi.
Aralashma sarfining doimiyligi o‘lchash o‘zgartkichi
2 ni rotametr 3 orqali shuntlash yo‘li bilan
ta’minlanadi. SHu sababli tizim kirishidagi gaz
sarfining tebranishlari o‘zgartkichdan o‘tish tezligiga
ta’sir qilmaydi, chunki a va b nuqtalar orasidagi
bosimlar farqi doimiy bo‘lib qoladi. O‘zgartkichning
gazli bo‘shlig‘i ko‘ndalang kanalli halqa kamera 4
shaklida diamagnit materialdan ishlanadi. Kanalning
kirish qismi doimiy magnit maydon orasiga joylashadi, uning ichida esa Rt 3, Rt 4
ikki seksiyali platina chulg‘amlar o‘rnatiladi, bu chulg‘amlarning qarshiligi
nomuvozanat ko‘prikning ikki elkasini hosil qiladi. Agar boshlang‘ich aralashmada
kislorod bo‘lmasa, ko‘ndalang kanalda harakat bo‘lmaydi. Aralashmada kislorod
bo‘lsa, uning molekulalari magnit maydoniga yo‘nalib, kanalga tortiladi. Rt
chulg‘amlar o‘lchash sxemasi manbaining toki ta’sirida 1OO...2OO°S gacha
qizdirilgani sababli kanal 4 ga kelgan kislorod ham qiziy boshlaydi. Harorat
ko‘tarilishi bilan magnitning kislorodga ta’siri kamayadi, shuning uchun gazning
yangi qismi magnit maydon xududiga tortilib, qizigan kislorodni xalqa kameraga
itaradi.
Gazning hosil bo‘lgan konveksion oqimi issiqlikni asosan chulg‘amdan oladi,
shuning uchun seksiyalar harorati har xil bo‘lib qoladi.
Rt 3 va Rt 4 qarshiliklarning tekshirilayotgan gaz konsentrasiyasiga mutanosib
o‘zgarishi natijasida, ko‘prikning o‘lchash diagonalida nobalanslik signali paydo
bo‘ladi. Bu signal shkalasi kislorodning foiz miqdorida darajalangan avtomatik
potensiometr orqali o‘lchanadi. O‘lchash ko‘prigi stabillashgan ta’minlash
6.3 –
расм
.
Dostları ilə paylaş: