187
mo‘ljallangan. Bu holda gazlarning aralashmalari binar deb qaralib, undagi
aniqlanadigan komponent o‘lchanayotgan aralashmaning fizik-kimyoviy xossalariga
ta’sir qiladi, qolgan komponentlar esa, ularning tarkibi va konsentrasiyasidan qat’i
nazar, ularning xossalariga ta’sir qilmaydi va aralashmaning ikkinchi komponenti
hisoblanadi. Ko‘p komponentli gaz aralashmalarining tashkil etuvchilarini tahlil
qilish uchun mo‘ljallangan gaz analizatorlari ham mavjud.
Gaz analizatorlari ishlash prinsipi (tahlil qilish usuli), tahlil qilinayotgan
muhitning xossalari, aniqlanayotgan komponentlar soni, ishlanish turi, chiqish
signalini unifikasiyalash usuli va o‘lchash natijalarini berish usuli kabi belgilariga
ko‘ra tasniflanishi mumkin.
Eng oddiy holda namunani o‘zgartirmasdan tahlil qilish mumkin, bu erda,
tahlil qilinayotgan aralashma tarkibi to‘g‘risida o‘lchanayotgan parametrga qarab
bevosita xulosa chiqariladi. Tahlil qilishda namunani o‘zgartirish analitik o‘lchash
tanlanuvchanligini oshirish imkonini beradi. Namunani o‘zgartirish uchun fizik
usullardan ham, kimyoviy usullardan ham foydalanish mumkin. Agar namunaga
ta’sir qilish uning fizik xossalarini tubdan o‘zgartirib yuborsa, bunday o‘zgartirish
Dostları ilə paylaş: