228
ko‘rsatilgan. Ulardan hosil bo‘lgan potensiallar farqi eritmaning rN miqdoriga
mutanosib bo‘lib, potensiometr 4 bilan o‘lchanadi. SHisha elektrod shisha naychadan
iborat bo‘lib, uchi elektrod shishasidan yasalgan yupqa devorli (0,1—0,2 mm) ichi
kavak zoldir kavsharlab qo‘yilgan. Zoldirga rN miqdori ma’lum bo‘lgan eritma 3
to‘ldirilgan bo‘lib, eritmaga esa kumush xlorid qoplangan kontaktli yordamchi
elektrod 2 botirilgan, u zoldirning ichki sirtida potensiallar farqini olish uchun xizmat
qiladi. SHisha elektrodlarning xususiyati shundan iboratki, ularning ichki elektr
qarshiligi juda katta bo‘lib, 20°S da 100—200 mOm ga etadi.
Kalomel elektrod 7 dielektrikdan tayyorlangan, ichiga kimyoviy toza simob 5
to‘ldirilgan bo‘ladi. Uning ustida yomon eriydigan kalomel pastasining qatlami 6,
to‘yintirilgan kaliy xlorid eritmasi 8 joylashtirilgan. Elektr kontakt hosil qilish uchun
kam o‘tkazadigan to‘siq 9 o‘rnatilgan bo‘lib, u orqali kaliy xlorid asta-sekin sizib
o‘tadi va bu bilan tekshirilayotgan eritmadan yordamchi elektrodga chet ionlar o‘tib
qolishining oldini oladi. SHunday qilib, shisha va kalomel elektrodlardan iborat rN-
metrning elektr zanjiri ketma-ket ulangan elementlar qatoridan tashkil topgan bo‘lib,
ularning potensiali o‘lchash asbobi qayd etadigan yig‘indi EYUK ni beradi:
6.23-
расм
.
7>
Dostları ilə paylaş: