44
ko‘prok uzayadi. Sterjenning siljishi (cho‘zilishi) haroratning o‘zgarishiga to‘g‘ri
mutanosiblikda bo‘ladi va naychaning boshlang‘ich uzunligi bilan aniqlanadi.
Dilatometrik termometrlar suyuqliklar haroratini o‘lchashda xamda haroratni
ma’lum darajada avtomatik ravishda saqlash uchun va signalizasiyada qo‘llaniladi.
Dilatometrik termometrlar 1,5 va 2,5 aniqlik sinflarida chiqariladi, ularning yuqorigi
o‘lchash chegarasi 500°S gacha.
Afzalliklari: ishonchli, oddiy va arzon.
Kamchiliklari: asbob o‘lchamlari katta, harorat bir nuqtada emas, balki hajmda
o‘lchanadi, issiklik inersiyasi katta.
Bimetall termometrlarning sezgir elementi kavsharlangan
ikkita plastinkadan
tayyorlangan prujinadan iborat. Bu plastinka issiqlikdan kengayish harorat
koeffisienti turlicha bo‘lgan metallardan tayyorlanadi. Harorat o‘zgarganda
plastinkalar og‘adi. Kavsharlangan plastinkalar bir-biriga
nisbatan siljiy olmaganligi
sababli prujina issiqlikdan kengayish harorat koeffiiienti kam bo‘lgan plastinka
tomonga og‘adi. Plastinkalar uzayishining harorat koeffisienti
farqi qancha katta
bo‘lsa, prujinaning harorat o‘zgarishidagi og‘ishi shuncha ko‘p bo‘ladi. Bimetall
termometrlar bilan haroratni o‘lchash chegarasi —150°S dan +700°S gacha,
xatosi
1...1,5%. Bu turdagi termometrlar haroratni ma’lum darajada avtomatik ravishda
rostlash va signalizasiya uchun qo‘llaniladi.
Dostları ilə paylaş: