0 ‘zbekiston Davlat pedagogika akademiyasida o‘qiydi. 0 ‘qishni bitirib
maktablarda muaUimlik qiladi, nashriyotlarda, Yozuvchilar uyushmasida
ishlaydi.
Shoiming birinchi she’d «Tanburim ovozi» 1926-yili, 16 yoshida
e’lon qilinadi. 1928-yili uning «Shu’lalar qo‘ynida» nomli ilk she’riy
to‘plami nashr etiladi. Keyin «Zafar», «Qaynashlar», «Tong» to‘plamlari
dunyo yuzini ko‘radi.
30-yillarda u juda ko‘p vaqtini taijimalarga bag‘ishlaydi. A. S. Push
kin, M. Y.
Lermontov, N. A. Nekrasov, T. G. Shevchenko she’rlarini,
dostonlarini o‘zbekchaga o‘giradi. Umuman taijima sohasida Mirtemir
nihoyatda barakali ijod qilgan. Antik dunyo shoiri Homer, shuningdek,
Shota Rustaveli,
Henrix Heyne, Tagor, Maxtumquli, Berdaq, Nozim
Hikmat she’riy
asarlari, «Manas» qirg‘iz xalq eposi, «Qirq qiz»
qoraqalpoq xalq dostoni Mirtemir domla zahmatlari tufayli o‘zbek
o‘quvchisiga yetib kelgan.
Shoir umri davomida o‘nlab she’rlar va dostonlar to‘plamlarini chop
ettirdi. «Bong», «Poytaxt», « 0 ‘ch», «Surat», «Qoraqalpoq daftari»,
«Tingla, hayot!», «Izlaganim», «Tog‘day tayanchim», «Yodgorlik» ka-
bilar ulaming ichida eng mashhurlaridir. Bu to‘plamlaming mundarijasiga
qarasangiz, inson hayotining barcha pallalaridagi kechmishlar, tuyg‘ular,
taassurot va xotiralar jamuljam bolganini ko£rasiz.
Chunki Mirtemir
xoh yirik doston yozsin, xoh sahna asarlari
yoki katta-katta asarlami
taijima qilsin, qat’i nazar, biron kun ham she’r yozishni tark etmagan.
Shoiming ijodidagi bosh mavzu nima deb so£ralsa, yurtga, tabiatga
oshiqlik, bolalik xotiralariga sadoqat, o‘z xalqidan faxrlanish,
uni chin
dildan sevish va ardoqlash deb aytish mumkin. Mirtemir she’rlarida bu
mavzular ko‘pincha birikib, omuxtalashib keladi. Bir she’ming o‘zida
ham tabiat go‘zalligi, ham xotiralar, ham iftixor tuyg'usi va yarn hayotga
muhabbat kabi tushunchalaming ifodalanishini ko'rish mumkin.
Shoir umrining oxirida «Yodgorlik» deb nomlangan she’riy to‘plam
tayyorladi. Va unga so‘nggi yillardagi eng sara she’rlarini jamlab, o‘zidan
keyingi avlodlariga ma’naviy tuhfa qilib qoldirdi.
Mirtemir 1978-yil 24-yanvarida 68 yoshida vafot etdi.
Dostları ilə paylaş: