X-O'tilganlarni takrorlash:
1. «Oq kema» qissasi boshlanishida bolaning ikki ertagi bo‘lgani
haqida gap boradi. Siz shu ertaklarning
qaysilar ekanligini
aniqlay oldingizmi?
2. Qissada bolaning ikki ertagi haqida gapira turib,
«Keyin biron-
tasi ham qolmadi
» deyilgani sababini tushuntiring.
XI-Yangi mavzu bayoni:
Sh. Xolmirzayev
1940-yilning 24-m artida
Surxondaryo
viloyatida, Boysun tumanidagi Shahidlar gnzari-
da dunyoga keldi. Otasi Fayzulla Xolmirza o‘g‘li asli Bu-
lung-urdan bo lib, shocrolar tuzumining dastlabki davrida
yuqori lavozimlarda ishlagan.
Millatning asl farzandlari
qatag‘on qilingan 1937—1938-yillarda shocrolar xurujidan
qochib Boysunga ketishga majbur bo‘lgan. Bu yurtda bo‘lajak
adibning onasiga uylanadi. CTsha yerda tuman gazetasiga
muharrirlik qiladi. Lekin u qonsiragan sho‘ro hukumati
changalidan qutula olmaydi. 1940-yilning o‘rtalarida qamoqqa
olingan Fayzulla Xolmirza o‘g‘li sovug‘i qahrli Magadan
ocrmonlarida og4r
melinatdan sillasi qurib, 1944-yilda vafot
etadi. Bo‘lajak yozuvchining onasi ham ishchan va o‘ziga
69
yarasha m a ’lum otli ayol edi. Shu bois u uzoq yillar tum an
miqyosidagi rahbarlik lavozim larida ishlab keldi.
Shukur Xolm irzayev Boysundagi o ‘rta m aktabni tugat-
gach, 1958-yilda T oshkent davlat universiteti (hozirgi 0 ‘zbe-
kiston Milliy universiteti)ning filologiya fakultetiga o £qishga
kirdi va uni 1962-yilda bitirdi. Shundan so‘ng Toshkentdagi bir
qator nashriyot va gazeta-jum allar
tahririyatlarida m ehnat
qildi.
Shukur Xolmirzayev ju d a erta ijod qila boshladi. Uning
dastlabki kitoblari talabalik vaqtida chop etildi. Adib «Oq otli»
deb ataluvclii birinchi qissasi bilanoq, o ‘quvchilar e ’tiborini
qozondi. «To'lqinlar» qissasi esa m ashhur yozuvchi Abdulla
Q ahhor e ’tiboriga sazovor b o ld i. Sh.
Xolmirzayev ilk qadam -
laridanoq adabiyotga o ‘ziga xos ovoz, o ‘zgacha tasvir usuli va
alohida badiiy idrokka ega yozuvchi kirib kelganligini ko‘r-
satdi.
Sh. Xolmirzayevning «Oq otli» (1962), «To‘lqinlar» (1963),
«Ocn sakkizga kirm agan kim bor» (1964), «Taqdir bashorati»
(1968), «Yo‘llar, yo ‘ldoshlar» (1973), «Yur, to g ‘larga ketamiz»
(1976), «C ho£loq tum a» (1978), «Tuproq k o ‘chalar» (1978),
«Qush tili» (1982), «Q ahram onning so ‘nggi kunlari» (1984),
«Tog‘larga qor tushdi» (1986), «Abdulla N abi о ‘gaining so‘nggi
kunlari» (1983), «Esiz, Eshniyoz!» (1988), «Bulut to csgan oy»
(1997) kabi hikoya va qissalari o ‘quvchilar e ’tiborini qozongan.
A dibning
«S o‘nggi bekat» (1976), «Qil k o ‘prik» (1984),
«Yo‘lovchi» (1987), «01abo‘ji» (1991), «Dinozavr» (1996) asar
lari o‘zbek
romanchiligi
taraqqiyotida o cziga xos o crin tutadi.
Yozuvchi 1987-yilda «Qora kamar» dram asini yozdi. Inson
taqdiri butun fojiaviy k o ‘lam i bilan
aks ettirilgan bu dram a
adabiyotim izda m u h im o ‘rin tutadi. A sarda yolg‘on e ’tiqod
insonlam i qay kunlarga solishi va e ’tiqodsizlik m illatni qan-
chalar tu ban lash tirish i m um kinligi yorq in obrazlar orqali
haqqoniy aks ettiriladi.
Xll-Mustahkamlash:
O'quvchilarni baholash.
1. Asar matniga tayanib, paxta terimiga
borgan joylari hikoya
qahramoniga nimasi bilan yoqqanligini tushuntiring.
2. Hikoyachi Ergashning yoshi, tabiati va hissiy dunyosi haqida
matnga asoslanib fikr yuriting.
3. Ergashning
«...uddalik» bobida ham attcha j o ‘n edik»
tarzida-
gi iqrori qahramon tabiatining qay jihatini namoyon etadi?
«Uddasizlik» Ergashning kamchiligimi yoki fazilati?
Uyga vazifa adib asarlaridan na'munalar o'qish.
70