bu paytda og‘ir xasta yotgan bo‘lib, bola go‘dakligidayoq olamdan o£tadi.
Usmon o‘z otasi mehrini, uning erkalashlarini ko‘rmay o‘sdi. To‘rt
yashariigida onasi Xolambibi shu yerlik Nosirhoji degan kishiga turmushga
chiqadi va oila Qo‘qonga ko‘chib keladi. Usmonjon shahardagi intematda
o‘qiydi, tarbiyalanadi.
1931-yilda Usmon Nosir Samarqanddagi Oczbekiston dorilfununi
(hozirgi Samarqand davlat universiteti)ga o‘qishga kiradi. U tengdoshlari
orasida o‘zining izlovchan fikri, fanlami tez o‘zlashtira olishi,
shoirlik
iste’dodi va sho‘x-sha’n tabiati bilan yaqqol ajralib turardi. Usmon Nosir
nafaqat adabiyotni,
balki dunyo tarixi, falsafasi, san’atini ham
chanqoqlik bilan o‘zlashtirishga, buyuklarga ergashib ijod qilishga
oshiqardi. Bu intilishlar shoiming dastlabki asarlaridayoq o‘zini ko‘rsatar,
yoshgina yigit bitiklarida katta g‘oyalar,
badiiy tafakkurning erkin
parvozlari, fikrning o‘tkir yolqinlari yaqqol aks etardi. Mana, uning
Samarqanddan onasiga yozgan she’riy maktubi — «Oq yuvib, oq tarab»
she’ridan ayrim lavhalar. Unda shoir bolaligida ko‘rgan sargardonliklarini
tabiat manzaralariga uyg‘un holda qayta jonlantiradi, o‘quvchini o‘z
xotiralariga oshno etadi:
Esingdami, g‘arib ona,
Sarg‘ayib yerga tushgani
U qishlaming zahri?
Bir ko‘m-ko‘k yaproqning.
Yuzni
momataloq qilgan
Qon, yoshlar-la to‘lganda
U yillarning qahri?
U ko‘zlaring seni,
Mehribonim, yodga tushdi,
Tuproqqa yuz tutganda
Bir kuni kuz nahori,
Umring bahori...
Usmon Nosir uchun tabiat manzaralari she’riy asami qo‘shimcha
tashbehlar
bilan bezash, go‘zallashtirish vositasi emas edi. U tabiatni
go‘yo ona anglab, o‘zini esa shu ona bag‘riga doimiy talpinuvchi farzand
hisoblardi. Uning she’rlarida har bir fasl, yer, osmon, quyosh,
yulduz
va oy, daraxtlar va chechaklar, qushlar va hayvonlar badiiy umum-
lashma, obraz darajasiga o‘sib chiqadi.
Dostları ilə paylaş: