Ali Yazdiyga duch keladi. Odob va muomala bilan buyuk tarixchi mehrini
qozonib, duosini oladi.
Alisher xonadoni Hirotga 1451-yilda qaytadi. Yo‘lda yana qiziq voqea
yuz beradi. Ilgari shahardan shaharga karvonlar qatnar,
bordi-keldilar
shular yordamida bo‘lar va ular ko‘pincha tunda yurib, kunduzlari darn
olar edilar. Xullas, tunda ot ustida mudrab borayotgan o‘n yoshdagi
Alisher egardan
yiqilib tushadi, uyqu zo‘ridan uyg‘onmay, karvondan
ajralib qoladi.
Ertalab uyg‘onsa, cho‘li biyobon. Nariroqda oti o‘tlab turibdi. Odam
zoti yo‘q. Quyosh ko‘tarilib kelmoqda. Bir lahza uni qo‘rquv va vahima
bosadi, biroq o‘zini tezda qo‘lga olib, yo‘lga tushadi. Ko‘p o‘tmay, uni
izlab kelayotgan o‘z kishilariga duch keladi
va eson-omon ota-onasi
bag‘riga boradi.
1452-yilda taxtga Abulqosim Boburmirzo chiqadi va Alisheming otasi
Sabzavorga hokim qilib tayinlanadi. Alisher Sabzavorda o‘qishni davom
ettiradi/
1452—57-yillarda u dastlab Sabzavorda, so‘ng Mashhadda yashadi.
She’rga, musiqaga mehri oshib bordi.
Farididdin Attor, Nizomiy Gan-
javiy, Shayx Sa’diy, Xusrav Dehlaviy asarlarini sevib o‘qidi. Ayniqsa,
Attorning «Mantiq ut-tayr» («Qush nutqi») kitobi yosh Alisheming
xayolini tamom egallab oldi. Ota-ona tashvishga tushdilar.
Kitobni be-
kitdilar. Lekin kitob tamom yod bo‘lgan edi.
U Hirotga 1464-yilda keladi, lekin ko‘p o‘tmay, Samarqandga ketishga
majburbo‘ladi. Samarqandda u 1469-yilga qadar yashadi. Temuiiylaming
bosh shahri buyuk shoir hayotida o‘chmas iz qoldirdi. Bu haqda u ko‘p
yozgan.
Nihoyat Alisheming maktabdosh do‘sti Husayn Boyqaro taxtga
chiqishi bilan uni Hirotga chaqirib oladi va muhrdor qilib tayinlaydi.
1472-yildan vazirlik martabasiga ko‘tariladi, 1487—88-yillarda Astrobodda
hokim bo‘lib ishlaydi. Umrining oxiriga qadar shohning eng yaqin kishisi
bo‘lib qoladi. Shu yillari
mamlakat osoyishtaligi, yurt obodligi yo‘lida
ulkan ishlar qiladi/
Dostları ilə paylaş: