1914-yilda boshlangan Birinchi jahon urushi xalqning shundoq ham
og‘ir hayotini butunlay izdan chiqardi.
Garchi bu urush bizning
yurtimizdan uzoqda — Yevropa maydonlarida kechgan bo‘lsa-da, Rossiya
mustamlakachilari urush ortidagi turli qora ishlami bajarish uchun
bizning o‘lkamizdan ham erkaklami majburan mardikorlikka olardi.
Boquvchisiz qolgan xonadonlar, ayollar va bolalar tidkchilik o‘tkazishga
nihoyatda qiynalar, o‘lkada yetishtiriladigan aksariyat noz-ne’matlami
chor hukumati turli bahonalar, aldovlar bilan tashib ketardi. Shaharlarda
ishsizlik, qimmatchilik va qahatchilik avj olgandi. Ko‘chalarda daydib
yurgan tilanchilar va gadoylar safiga urush bo‘layotgan o‘lkalardan non
qidirib qochib kelgan yuz minglab och aholi qo£shilgandi. Bag‘ri keng
o‘zbek
xalqi ularga boshpana, o‘z bolalari rizqidan qiyib bo‘lsa-da,
osh-non berardi. Rejissor Shuhrat Abbosovning «Toshkent — non shahri»
filmini tomosha qilsangiz, bu voqealar ko‘lami
va dahshatini yanada
yaqindan his qilasiz.
Ushbu og‘ir kunlaming barchasini yosh G ‘afur o‘z ko‘zlari bilan
ko‘rgani, yuragidan o‘tkazgani tufayli ham uning qalbida insonparvarlik,
yetimparvarlik hislari juda erta uyg‘ondi. Shoiming o‘zi aytishicha, uning
dastlabki she’riy mashqlari ham aynan yetim bolalarga bag‘ishlab yozil-
gan edi.
G‘afiir G‘ulom she’rlar bilan birga o‘nlab hikoyalar, «Netay», «Yod-
gor», «Tirilgan murda» singari qissalar ham yozdi. Ikkinchi jahon urushi
paytida esa adibni dunyoga tanitgan mumtoz she’riy asarlari — «Kuzatish»,
«Sen yetim emassan», «Vaqt», «Sog‘inish», «Onalar» singari she’rlari
yaratildi.
Uning yana bir mashhur asari — «Shum bola» qissasi 1936-yilda
yozilgan bo‘lsa-da, 60-yillarda
adib uni qaytadan ishladi, yanada
sayqalladi.
G‘afur G ‘ulom
Sharq mumtoz adabiyotining, zamonaviy o‘zbek
she’riyatining katta bilimdoni edi. Shu sababli ham u Oybek va Hamid
Olimjon bilan birga 1943-yilda 0 ‘zbekiston
Fanlar akademiyasining
haqiqiy a’zosi etib saylangandi.
Adib 1966-yilning 10-iyunida og‘ir xastalik tufayli vafot etgan.
Dostları ilə paylaş: