Umumiy o‘rta ta’lim muassasasining takomillashtirilgan namunaviy odob-axloq qoidalari



Yüklə 36,67 Kb.
səhifə1/4
tarix25.09.2023
ölçüsü36,67 Kb.
#123727
  1   2   3   4
odob ahloq 31.08.2023 282-б


O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining
2023-yil 31-avgustdagi
282-son buyrug‘iga
1-ILOVA


Umumiy o‘rta ta’lim muassasasining takomillashtirilgan namunaviy odob-axloq qoidalari
Umumiy oʻrta taʼlim muassasasining takomillashtirilgan namunaviy odob-axloq qoidalari yangi tahrirdagi Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, “Taʼlim toʻgʻrisida”, “Yoshlarga oid davlat siyosati toʻgʻrisida”, “Bola huquqlari kafolatlari toʻgʻrisida”, “Voyaga yetmaganlar oʻrtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklarning profilaktikasi toʻgʻrisida”, “Axborot erkinligi prinsiplari va kafolatlari toʻgʻrisida”gi Qonunlari va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”, “Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi hamda uning tizimidagi tashkilotlar faoliyatini samarali tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarorlari, Vazirlar Mahkamasining “Uzluksiz maʼnaviy tarbiya konsepsiyasini tasdiqlash va uni amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” va “Umumiy oʻrta taʼlim muassasalarida maʼnaviy-maʼrifiy hamda tarbiyaviy ishlar samaradorligini oshirish konsepsiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qarorlari va umumeʼtirof etilgan maʼnaviy-axloqiy tamoyillar asosida umumiy o‘rta taʼlim muassasasining rahbariyati, pedagog va texnik xodimlari hamda oʻquvchilari, ularning ota-onalari yoki boshqa qonuniy vakillari (keyingi o‘rinlarda
- ta’lim-tarbiya jarayoni ishtirokchilari) uchun ishlab chiqildi.


1-bob. Umumiy qoidalar
1. Umumiy oʻrta taʼlim muassasasining takomillashtirilgan namunaviy odob-axloq qoidalari (keyingi oʻrinlarda – Qoidalar) umumiy oʻrta taʼlim muassasasi ta’lim-tarbiya jarayoni ishtirokchilari uchun odob-axloq tamoyillari, xulq-atvor meʼyorlariga qoʻyiladigan talablarni belgilaydi.
Ushbu Qoidalar umumiy oʻrta taʼlim muassasasida (keyingi oʻrinlarda – taʼlim muassasasi) taʼlim va tarbiyaning oʻzaro uygʻunligini taʼminlash, oʻqituvchi mavqeyining daxlsizligini eʼtirof etish, doʻstona va ishchanlik muhitini yaratish, oʻquvchilar tomonidan oʻquv dasturini muvaffaqiyatli oʻzlashtirish, inson va uning huquqlariga hurmatni oshirish, odob-axloq va muloqot madaniyatini rivojlantirishga qaratilgan.
2. Mazkur Qoidalar Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tasarrufidagi taʼlim muassasalarida tatbiq etiladi, nodavlat va boshqa turdagi oʻquv muassasalari uchun tavsiyaviy xususiyatga ega.
3. Qoidalarning maqsadi taʼlim muassasasida sogʻlom ijtimoiy-psixologik muhitni shakllantirish, oʻquvchilarga zamon talablari va milliy qadriyatlar asosida taʼlim-tarbiya berish, shaxs va uning huquqlarini hurmat qilish, odob-axloq madaniyati va muloqot qobiliyatini rivojlantirish, yuksak maʼnaviy-axloqiy fazilatlarini shakllantirish, oʻquvchilar sogʻligʻini saqlash, ta’lim-tarbiya jarayoni ishtirokchilari xavfsizligini taʼminlashga imkon beradigan doʻstona ish muhitini yaratish va taʼlim muassasasi mulkini asrab-avaylashdan iborat.
4. Qoidalar taʼlim muassasasi va uning hududida, darsda, tanaffusda, darsdan tashqari mashgʻulotlar paytida, taʼlim va tarbiya bilan bogʻliq tadbirlarda ta’lim- tarbiya jarayoni ishtirokchilarining oʻzlarini tutishni tartibga soladigan me’yorlar toʻplami hisoblanadi.
5. Mazkur Qoida talablari ta’lim-tarbiya jarayoni ishtirokchilari uchun taʼlim muassasasi hududi doirasida majburiy hisoblanadi.



Yüklə 36,67 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə