Umumiy o‘rta ta’lim muassasasining takomillashtirilgan namunaviy odob-axloq qoidalari


-bob. Ragʻbatlantirish va chora koʻrish tartibi



Yüklə 36,67 Kb.
səhifə4/4
tarix25.09.2023
ölçüsü36,67 Kb.
#123727
1   2   3   4
odob ahloq 31.08.2023 282-б

3-bob. Ragʻbatlantirish va chora koʻrish tartibi
21. Oʻquv yili davomida Qoidalarga toʻliq rioya qilgan, taʼlim muassasasida maʼnaviy-axloqiy muhitning qaror topishiga va yanada mustahkamlanishiga xizmat qilgan ta’lim-tarbiya jarayoni ishtirokchilari quyidagicha moddiy va maʼnaviy jihatdan ragʻbatlantiriladi:
taʼlim muassasasi buyrugʻi bilan “Faxriy yorliq”, “Tashakkurnoma” eʼlon qilish, ularni tarmoq va davlat mukofotlariga tavsiya qilish;
maktabdan tashqari topilgan mablagʻlar hisobidan qimmatbaho va esdalik sovgʻalar bilan mukofotlash;
muassasaning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari orqali eʼlon qilish; “Eng faol oʻquvchi”, “Eng faol sinf” nominatsiyasini berish;
oʻquvchilarning uyiga, ularning ota-onasining ish joyiga yoki mahalla fuqarolar yigʻiniga tashakkurnoma yuborish.
22. Pedagog va xodimlarga Qoidalarni buzganida ularga nisbatan muassasaning ichki mehnat tartibi qoidalari asosida intizomiy jazo choralari qoʻllaniladi.
23. Oʻquvchilar tomonidan Qoidalar buzilganida, ularga nisbatan quyidagi choralar koʻriladi:
ota-onasi yoki boshqa qonuniy vakillarini ogʻzaki yoki yozma ogohlantirish;
qoida buzilish holatlari takroran kuzatilganda, oʻquvchini muassasa ichki nazorat roʻyxatiga olish:
oʻquvchi bilan vazirlikning 2020-yil 18-dekabrdagi 308-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan yo‘riqnoma asosida shugʻullanish;
ota-onasi yoki boshqa qonuniy vakillarini muassasaga taklif qilish, muassasaga biriktirilgan inspektor-psixolog ishtirokida suhbat oʻtkazish;
farzandi tarbiyasiga masʼuliyatsizlik bilan yondashayotgan ta’lim oluvchilarning ota-onasi yoki boshqa qonuniy vakillarining ish joyiga yoki mahalla fuqarolar yigʻiniga maʼlumot yuborish.
24. Mazkur Qoidalarga rioya etmaganlik holatlari taʼlim muassasasidagi
Kuzatuv kengashlarida muhokama qilib boriladi.
4-bob. Yakuniy qoidalar
25. Ta’lim-tarbiya jarayoni ishtirokchilari ushbu Qoidalar bilan har yangi oʻquv yili boshlanishida “Sinf soatlari”, “Ota-onalar majlisi” va “Pedagogik kengash”da tanishtiriladi.
26. Mazkur Qoidalarda koʻrsatilgan vazifalardan kelib chiqib, har bir umumiy o‘rta ta’lim maktabi “Oila-mahalla-ta’lim muassasasi” hamkorligi Jamoat va Kuzatuv kengashlari a’zolari bilan muassasaning odob-axloq qoidalarini ishlab chiqadi hamda tasdiqlaydi, uning ijrosi shaxsan maktab rahbari tomonidan taʼminlanadi.
27. Qoidalarda aks ettirilmagan masalalar yuzasidan vujudga kelgan muammoli vaziyatlar amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq hal etiladi







Yüklə 36,67 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə