Umumiy pedagogika nazariyasi va amaliyoti


Zamonaviy pedagogikada ta`lim paradigma (modeli)lari



Yüklə 93,85 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/6
tarix23.12.2023
ölçüsü93,85 Kb.
#157243
1   2   3   4   5   6
9509ffa6-f7c4-475a-8f2d-2083bf7911d8

Zamonaviy pedagogikada ta`lim paradigma (modeli)lari. 
Pedagogik 
paradigma (yunoncha «paradeigma» - misol, namuna) – pedagogika fani 
rivojining ma`lum boskichida ta`limiy va tarbiyaviy muammolarni xal etish 
namunasi (modeli, standarti) sifatida ilmiy pedagogik xamjamiyat 
tomonidan e`tirof etilgan nazariy xamda metodologik kursatmalar tuplami 
bulib, u ta`limning konseptual modeli sifatida kullaniladi. Bugungi kunda 
ta`limning kuyidagi paradigmalari keng tarkalgan: 
1.
An`anaviy – konservativ paradigma (bilim paradigmasi). 
2.
Ratsionalistik (bixevioristik) paradigma. 
3.
Fenomenologik (gumanistik) paradigma. 
4.
Texnokratik paradigma. 
5.
Ezoterik paradigma. 
Ayni vaktda ta`lim paradigmalarini belgilashga nisbatan uch xil 
yondashuv mavjud: 
1. kadriyatli (aksiologik) yondashuv - madaniyat inson xayotining 
mazmuni sifatida tushuniladi. 
2. Faoliyatli yondashuv asosan madaniyat moddiy va ma`naviy 
boyliklarini yaratishga yunaltirilgan faoliyatning sinalgan usullari sifatida 
talkin etiladi. 
3. Shaxsiy yondashuv - madaniyat muayyan shaxs timsolida 
namoyon buladi. 
Madaniyatga nisbatan turli yondashuvlarning mavjudligi bir kator 
paradigmalarning yaratilishiga zamin yaratadi. 
Xar bir paradigma muayyan ta`limiy muammolarni xal etishga 
yunaltiriladi. Xususan: 


- ijtimoiy institut sifatida ukuv muassasalarining vazifalari
- ta`limning samarali tizimi; 
- ukuv yurtlari oldida turgan eng muxim, ustuvor masala; 
- ta`limning ijtimoiy axamiyatli maksadlari; 
- muayyan bilim, kunikma va malakalarning kimmatli xisoblanishi. 
Ayni vaktda kuyidagi paradigmalar mavjud: 
1. Bilim olishning an`anaviy paradigmasi (modeli) (J.Majo, L.Kro, 
J.Kapel va boshkalar) 
Unga kura ta`limning asosiy maksadi - “Bilim, kanchalik kiyin 
bulmasin bilim olish”. An`anaviy paradigma maktabning maksadi yosh 
avlodga individual rivojlanishi xamda ijtimoiy tartibni saklab kolishga 
yordam beruvchi madaniy meroslarning muxim elementlari – bilim, 
kunikma va malakalar, ilgor goyalar va kadriyatlarni saklab kolish xamda 
ularni yoshlarga yetkazish muxim ekanligini yoritadi. Bilim olish 
paradigmasining asosiy maksadi: ta`lim olish, tarakkiyot va madaniyatning 
eng muxim elementlarini avloddan-avlodga yetkazish. 
2. Ratsionalistik (bixevioristik) paradigma (P.Blum, R.Ganye, 
B.Skinner va boshkalar). Ratsionalistik paradigma dikkat markazida ta`lim 
mazmuni emas, balki ukuvchilar tomonidan turli bilimlarni uzlashtirilishini 
ta`minlovchi samarali usullari yotadi. Ta`limning ratsionalistik modeli 
asosini B.Skinerning ijtimoiy injeneriya bixevioristik (inglizcha behavior - 
xulki) konsepsiyasi tashkil kiladi. 
Maktabning maksadi – ukuvchilarda garb madaniyati ijtimoiy 
koidalari, talablari va kuzlagan maksadlariga mos keladigan moslashtiruvchi 
“xulkiy repertuar”ni shakllantirishdir. Shu bilan bir vaktda, “xulki” atamasi 
bilan “insonga xos xamma ta`sirlanishlar – uning fikrlari, sezgi va 
xarakatlari” ifodalanadi (R.Tayler). 
Bunda ta`limning asosiy metodlari, urgatish, trening, test sinovlari, 
individual ta`lim, tuzatishlari bulib koladi. Buning okibatida, ta`limninggina 
emas, balki dars berishning xam ijodiy xarakterini aniklash muammosi 
muxokama kilinmaydi. 
P.Blum barcha ukuvchilar fakat uzlashtiribgina kolmay, balki 
muvaffakiyatli ukishlari mumkin deb xisoblaydi. Ukuvchining optimal 
kobiliyatlari ma`lum sharoitlarda, ukuvchiga ta`lim berish natijasi uning 
sur`ati bilan aniklanadi. Olimning firicha, ta`lim oluvchilarning 95 foizi 
ta`lim muddatlariga bulgan cheklashlar olib tashlanganda ukuv kursining 
butun muzmunini uzlashtirib olishga kodirlar. Ana shu nuktai nazardan 


ukuvchilar 
tomonidan 
bilimlarning 
muvaffakiyatli 
uzlashtirishini 
ta`minlovchi metodika ishlab chikiladi, uning moxiyati kuyidagichadir:
1.
Butun sinf yoki kurs uchun tula uzlashtirish etaloni, mezonnini 
anik belgilab olish asosida ukituvchi ta`lim yakunida erishilishi kerak bulgan 
anik natijalarning ruyxati va unga muvofik keluvchi testlarni tuzadi. 
2.
Ukuv birliklari, ya`ni, ukuv materiallarining yaxlit bulimlari 
kursatiladi, ularni uzlashtirish natijalari aniklanadi, yakuniy baxoga ta`sir 
kursatmaydigan navbatdagi testlar tuziladi. Bu testlarning vazifalari – 
tuzatish, korreksiyalashdan iborat. 
3.
Tula uzlashtirishga yunaltirilgan xar bir ukuv kurs materiallarini 
uzlashtirish darajasini baxolash uchun test sinovlarini utkazish. Bu urinda 
xar bir ukuvchiga baxo va ta`lim maksadlarining axamiyatini tushuntirish 
muxim. 
Predmetlarni bush va urtacha uzlashtiruvchi ukuvchilarning 
kobiliyatlarini jadal rivojlantirish P.Blum konsepsiyasining asosiy 
mazmunini tashkil etadi. 
Turli mamlakatlarning (Avstriya, Belgiya, AkSH va boshkalar) ta`lim 
tizimlari tajribasi ratsionalistik (bixevioristik) paradigma goyalariga muvofik 
ish kurilganda 70 % ukuvchilar yukori natijalarni kayd etganliklarini 
kursatadi. 
Yukorida kayd etilgan ta`lim yunalishlari uzida insonparvarlik 
goyalarini ifoda etmagan, ular bola dunyokarashining rivojlanishi, 
shaxsning rivojlanishida shaxslararo munosabatlarning muxim urin tutishini 
nazarda tutmaydi. 
3. Gumanistik (fenomenologik) paradigmaga kura (A.Maslou, 
A.Kombs, K.Rodjers, L.S.Vugodskiy va boshkalar) ta`lim oluvchi erkin shaxs, 
ijtimoiy munosabatlar subyekti sifatida uziga xos rivojlanish imkoniyatlariga 
ega. Ular bolani rivojlantirish maksadida uni shaxslararo munosabatlar 
jarayoniga yunaltiradi. Ta`limning fenomenologik (fenomen yunoncha 
«phainomenon» – xisoblangan, ya`ni, mashxur, aloxida nodir odam) modeli 
ukuvchilarning individual-psixologik xususiyatlarini xisobga olib, ularning 
talab va kizikishlariga xurmat bilan munosabatda bulishni kuzda tutadi. 
Uning vakillari ukuvchini nodir shaxs deb xisoblaydilar. Gumanistik 
paradigma doirasida faoliyat olib boruvchi xar bir ta`lim tizimi ijodiy 
rivojlanadi va ukuvchi xamda ukituvchining erkinligi va ijodkorligini 
yoklaydi. 


Gumanistik paradigma goyalari 1991 yildan keyin respublika uzluksiz 
ta`lim tizimiga joriy etila boshlandi. Paradigmaning dikkat markazida 
ukuvchining barkamol rivojlanishi, uning intellektual extiyojlari, “erkin 
fikrlaydigan shaxsni tarbiyalash” masalasining ijobiy xal etilishi yotadi. Ayni 
vaktda respublika ta`lim muassasalarida kuyidagi goyalarga amal 
kilinmokda: “Demokratik jamiyatda bolalar, umuman xar bir inson erkin 
fikrlaydigan etib tarbiyalanadi. Agar bolalar erkin fikrlashga urganmasa, 
berilgan ta`lim samarasi past bulishi mukarrar. ... Mustakil fikrlash – xam 
katta boylikdir”1. 
Ezoterik paradigma (yunoncha «esoterikos» ichki, sirli, yashirin, 
fakatgina biluvchilar uchun muljallangan insonning dunyo bilan uzaro 
alokalari yuksak darajalarini aks ettiradi). Modelning moxiyati xakikat 
abadiy va uzgarmas, doimiy ekanligini ta`kidlashdan iborat. Paradigma 
tarafdorlari xakikatni bilib bulmasligi, unga fakatgina faxmlash asosida 
erishish mumkinligini ta`kidlaydilar. Pedagogik faoliyatning oliy maksadi 
koinot bilan mulokot, ukuvchining tabiiy kuchlarini ozod etish va 
rivojlantirishdan iborat. Shu bilan birga, ukituvchining ximoyalash vazifasi 
muximdir, u ukuvchining mavjud imkoniyatlarini uni ma`naviy, jismoniy, 
psixik jixatdan rivojlantirishga yunaltiradi. 
Ilmiy-texnik, texnokratik paradigmaning asosiy maksadi amaliyotni 
takomillashtirish asosida ta`lim oluvchilarga “anik” ilmiy bilimlarni berish 
va ularning uzlashtirilishini ta`minlashdir. Bilim - kuchdir, shu bois shaxs 
kimmati uning urganish, bilim olish, imkoniyatlari bilan belgilanadi. Shaxs 
muayyan (urtacha, standartlashtirilgan) bilim yoki xulk-atvor egasi 
bulsagina kadriyat sifatida e`tirof etiladi degan goya ushbu paradigmaning 
asosini tashkil etadi. 
Sunggi yillarda noinstitutsional paradigma rivojlana boshladi. U 
ta`limni ijtimoiy institutlar, ya`ni, maktab va oliy ta`lim muassasalaridan 
tashkarida tashkil etish goyasini ilgari suradi. Bu ta`lim “tabiatda” - 
Internet, “ochik maktablar” – kompyuterlar vositasida ta`lim dasturlariga 
(masofadan ukitish) muvofik ukitish samarali deya xisoblaydi. 


Adabiyotlar: 

Yüklə 93,85 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə