Umumiy pedagogika nazariyasi va amaliyoti


Didaktik nazariya (konsepsiya)lar va ularning falsafiy asoslari



Yüklə 93,85 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/6
tarix23.12.2023
ölçüsü93,85 Kb.
#157243
1   2   3   4   5   6
9509ffa6-f7c4-475a-8f2d-2083bf7911d8

Didaktik nazariya (konsepsiya)lar va ularning falsafiy asoslari. 
Ta`lim 
jarayoni psixologik-pedagogik konsepsiyalar (ular aksariyat xollarda 
didaktik tizimlar xam deb ataladi) asosida tashkil etiladi.
Didaktik tizim (yunoncha «systema» – yaxlit kismlardan tashkil topgan, 
birlashtirish) – ma`lum mezonlari asosida ta`lim jarayoning yaxlit xolatini 
belgilash, ajratib kursatish demakdir. U ta`limning maksadi, tamoyillari, 
mazmuni, shakli, metod va vositalarining birligi asosida tashkil etilgan 
tuzilmalarning ichki yaxlitligini ifodalaydi. Tadkikotchilar mavjud didaktik 
konsepsiya (tizim)larni umumlashtirib kuyidagi guruxlarga ajratadilar: 
1)
an`anaviy; 
2)
progressiv; 
3)
zamonaviy. 


Ta`lim nazariyasida Y.A.Komenskiy, I.Pestallotsi va I.Gerbartlarning 
didaktik konsepsiyalari muxim axamiyatga ega.
An`anaviy didaktik tizimning yaratilishi nemis faylasufi, psixolog va 
pedagog I.F.Gerbart (1776-1841 yillar) nomi bilan boglik. U 
Y.A.Komenskiyning sinf-dars an`anaviy tizimini tankidiy nukati nazardan 
kayta asoslab, etika va psixologiyaning nazariy yutuklariga tayangan xolda 
ta`lim tizimini yaratdi.
I.F.Gerbart ta`lim tizimining asosiy belgisi kuyidagilardan iborat. 
ukuvchilarning intellektual rivojlanishini ta`minlash maktabning asosiy 
vazifasi; bolani tarbiyalash esa oilaning vazifasidir. 
Progressiv (pedotsentrik) tizim bolaning bilim olishida faoliyatining 
asosiy rol uynashini e`tirof etadi. Mazkur tizim asosini D.Dyui tizimi, 
G.Kershteynning mexnat maktabi, V.Lay nazariyalari tashkil etadi.
Zamonaviy didaktik tizim. XX asrning 50-yillarida psixolog va 
pedagog B.Skinner kismlarga bulingan axborotlarni yetkazish, bu jarayonni 
muntazam nazorat kilish asosida materialni uzlashtirishda samaradorlikka 
erishish goyasini ilgari suradi. Mazkur goya keyinchalik dasturiy ta`lim deb 
ataladi. Keyinchalik N.Krauder nazorat natijalariga karab ukuvchiga 
mustakil ishlash uchun turli materiallarni taklif etadigan tarmoklashtirilgan 
dasturlarni yaratdi.
D.Dyuining nazariy goyalari muammoli ta`limning asosi bulib koldi. 
Bugungi kunda muammoli ta`lim deb nomlanuvchi, ushbu goya ukituvchi 
raxbarligi ostida muammoli vaziyatni yaratish va ularni xal etishda 
ukuvchilarning faollik va mustakilliklarini ta`minlashga erishishni nazarda 
tutadi. Muammoli ta`limning vazifasi faol urganish jarayonini 
ragbatlashtirish, ukuvchilarda fikrlash, tadkikotchilik kunikmalarini 
shakllantirishdan iboratdir.
L.V.Zankovning (1901-1977 yillar) rivojlantiruvchi ta`lim konsepsiyasi 
XX asrning 50-yillarida keng tarkaldi. Uning goyalarini amalga oshirish 
ta`lim jarayoniga insonparvarlik goyasini singdirish, shaxsni barkamol 
rivojlanishi uchun zarur shart-sharoitlarni yaratishga imkon beradi. 
Psixolog L.S.Vugotskiy (1896-1934 yillar) tomonidan 30-yillarda ilgari 
surilgan “Yakin rivojlanish zonasi” goyasi xam muxim axamiyatga ega. Unga 
kura bola kattalar yordamida bilim olib, uzi mustakil bajara olmagan 
ishlarni bajara boshlaydi.


Uzbekiston Respublikasining “Ta`lim tugrisida”gi konunida ta`lim va 
tarbiyani insonparvarlik, demokratik goyalarga muvofik tashkil etilishi 
e`tirof etilgan. 
Ta`limni insonparvarlashtirish ta`lim jarayonida ukuvchi shaxsini 
xurmat kilish, uning sha`ni, obrusi, kadr-kimmatini poymol etmaslik
mavjud iste`dodini rivojlantirishni nazarda tutadi. Demokratlashtirish esa 
pedagogik jarayonda rasmiyatchilikka yul kuymaslik, ta`lim dasturlarini 
tanlashda ukuvchilarning fikrlarini inobatga olishni ifodalaydi. 
Respublika uzluksiz ta`lim tizimi ijtimoiy buyurtmani bajarishga 
xizmat kiladi, barkamol shaxs va yetuk mutaxassisni tarbiyalash vazifasini 
bajaradi.

Yüklə 93,85 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə