Umumiy qoidalar


 -modda. Maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish texnika vositalari



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/360
tarix11.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#144896
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   360
22.09.1994. O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksi

17 -modda. Maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish texnika vositalari
orqali qayd etilgan yo‘l harakati qoidalarini buzganlik uchun shaxslarning ma’muriy
javobgarligi
Maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish texnika vositalari orqali yo‘l harakati
qoidalari buzilganligi qayd etilgan taqdirda, ma’muriy javobgarlikka transport vositasining
mulkdori tortiladi.
 LexUZ sharhi
Qarang: ushbu Kodeksning 
309 -moddasi
.
Yuridik shaxsga tegishli transport vositasidan foydalanib sodir etilgan yo‘l harakati
qoidalari buzilganligi maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish texnika vositalari
orqali qayd etilgan taqdirda, ma’muriy javobgarlikka yuridik shaxsning transport vositasidan
foydalanish uchun mas’ul bo‘lgan shaxsi tortiladi.
Maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish texnika vositalari orqali yo‘l harakati
qoidalari buzilganligi qayd etilgan taqdirda, huquqbuzarlikning takroriyligi hisobga olinmaydi,
ushbu Kodeks 321-moddasining 
uchinchi qismida 
nazarda tutilgan hol bundan mustasno.
Agar ma’muriy javobgarlikka tortish to‘g‘risidagi qaror ustidan berilgan shikoyatni ko‘rib
chiqish jarayonida tegishli transport vositasiga huquqbuzarlik qayd etilgan paytda egalik qilgan
shaxs aniqlansa yoxud mazkur transport vositasi boshqa shaxslarning g‘ayrihuquqiy xatti-
harakatlari natijasida transport vositasi mulkdorining egaligidan chiqib ketganligi aniqlansa,
transport vositasining mulkdori o‘ziga tegishli transport vositasidan foydalanib sodir etilgan,
maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish texnika vositalari orqali qayd etilgan yo‘l
harakati qoidabuzarliklari uchun ma’muriy javobgarlikdan ozod etiladi.
(17 -modda O‘zbekiston Respublikasining 2015-yil 10-avgustdagi O‘RQ-389-sonli 
Qonuniga 
asosan
kiritilgan — O‘R QHT, 2015-y., 32-son, 425-modda)
Oldingi
 tahrirga qarang.
Tezkor va maxsus xizmatlarning transport vositalari, shuningdek ular kuzatib kelayotgan
transport vositalari tomonidan yo‘l harakati qoidalariga muvofiq imtiyozdan foydalangan holda
sodir etilgan ma’muriy huquqbuzarliklar maxsus foto- va video qayd etishning
avtomatlashtirilgan texnik vositalari orqali qayd etilgan taqdirda hamda kechiktirib
bo‘lmaydigan xizmat vazifalarini bajarganlikni tasdiqlovchi hujjatlar taqdim etilganda
haydovchilarning ma’muriy qoidabuzarligi oxirgi zarurat holatlarida sodir etilgan deb topiladi va
ma’muriy ish ushbu Kodeksning 
271-moddasiga
 muvofiq tugatiladi.
(17 -modda O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 28-avgustdagi O‘RQ-558-sonli 
Qonuniga 
asosan
beshinchi qism bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 29.08.2019-y.,
03/19/558/3662-son)
Oldingi
 tahrirga qarang.
Tezkor va maxsus xizmatlarning ko‘k yoki qizil yoxud ko‘k va qizil rangli yaltiroq
mayoqchani yoqqan holda hamda maxsus tovushli signallar bilan yaqinlashib kelayotgan
transport vositalariga ularning to‘siqsiz o‘tib ketishi uchun yo‘l bergan transport vositalari
1
1
1
1


haydovchilari tomonidan sodir etilgan ma’muriy huquqbuzarliklar foto- va videoqayd etishning
maxsus avtomatlashtirilgan texnik vositalari orqali qayd etilgan taqdirda, haydovchilarning
ma’muriy huquqbuzarligi oxirgi zarurat holatlarda sodir etilgan deb topiladi va ma’muriy ish
ushbu Kodeksning 
271-moddasiga 
muvofiq tugatiladi.
(17 -modda O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 21-iyuldagi O‘RQ-629-sonli 
Qonuniga 
asosan
oltinchi qism bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 22.07.2020-y., 03/20/629/1087-
son)
Oldingi
 tahrirga qarang.

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   360




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə