Umumiy qoidalar


-modda. Haqini to‘lash sharti bilan olib qo‘yish



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə17/360
tarix11.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#144896
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   360
22.09.1994. O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksi

26-modda. Haqini to‘lash sharti bilan olib qo‘yish
Ma’muriy huquqbuzarlikni sodir etish quroli hisoblangan yoki bevosita shunday narsa
bo‘lgan ashyoni haqini to‘lash sharti bilan olib qo‘yish shu ashyoni majburiy tarzda tortib olib,
uni keyinchalik sotib yuborish hamda sotishdan tushgan pulni ashyoning sobiq egasiga tortib
olingan ashyoni sotish xarajatlarini chegirib tashlagan holda topshirishdan iboratdir.
Oldingi
 tahrirga qarang.
O‘qotar ov qurolini, pnevmatik ov qurolini hamda uning o‘q-dorilarini haqini to‘lash sharti
bilan olib qo‘yish asosiy tirikchilik manbai ovchilik bo‘lgan shaxslarga nisbatan qo‘llanilishi
mumkin emas.


(26-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 31-maydagi O‘RQ-772-sonli
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.06.2022-y., 03/22/772/0460-son — 2022-yil 2-
sentabrdan kuchga kiradi)
Oldingi
 tahrirga qarang.
Ashyoni haqini to‘lash sharti bilan olib qo‘yish chorasini qo‘llanish tartibi va tortib
olinadigan ashyolarning turlari ushbu Kodeks va O‘zbekiston Respublikasining boshqa
qonunchilik hujjatlari bilan belgilab qo‘yiladi.
(26-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
27-modda. Musodara qilish
Oldingi
 tahrirga qarang.
Ma’muriy huquqbuzarlikni sodir etish quroli bo‘lgan ashyoni yoki ma’muriy
huquqbuzarlikning bevosita ashyosini musodara qilish mazkur ashyoni haq to‘lamasdan
majburiy tarzda davlat mulkiga o‘tkazishdan iborat bo‘lib, ushbu chora jinoyat ishlari bo‘yicha
tuman (shahar) sudi tomonidan qo‘llaniladi. Huquqbuzarning shaxsiy mulki bo‘lmagan ashyo
musodara qilinishi mumkin emas, muomaladan chiqarilgan ashyolar bundan mustasno.
(27-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 12-yanvardagi O‘RQ-665-sonli
Qonuni 
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 13.01.2021-y., 03/21/665/0015-son)
Oldingi
 tahrirga qarang.
O‘qotar ov qurolini, pnevmatik ov qurolini hamda uning o‘q-dorilarini, boshqa ov
qurollarini musodara qilish asosiy tirikchilik manbai ovchilik bo‘lgan shaxslarga nisbatan
qo‘llanilishi mumkin emas.
(27-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 31-maydagi O‘RQ-772-sonli
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.06.2022-y., 03/22/772/0460-son — 2022-yil 2-
sentabrdan kuchga kiradi)
Oldingi
 tahrirga qarang.
Musodara qilish chorasini qo‘llanish tartibi ushbu Kodeks va O‘zbekiston Respublikasining
boshqa qonunchilik hujjatlari bilan belgilab qo‘yiladi.
(27-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   360




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə