Umumiy qoidalar


-modda. Maxsus huquqdan mahrum qilish



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə18/360
tarix11.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#144896
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   360
22.09.1994. O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksi

28-modda. Maxsus huquqdan mahrum qilish
Oldingi
 tahrirga qarang.
Muayyan shaxsni unga berilgan maxsus huquqdan (transport vositalarini boshqarish
huquqidan, ov qilish huquqidan) mahrum qilish chorasi jinoyat ishlari bo‘yicha tuman (shahar)
sudi tomonidan uch yilgacha muddatga qo‘llaniladi. Bunday huquqdan mahrum qilish muddati
o‘n besh kundan kam bo‘lmasligi kerak.
(28-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 12-yanvardagi O‘RQ-665-sonli
Qonuni
 tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 13.01.2021-y., 03/21/665/0015-son)
Oldingi
 tahrirga qarang.
Nogironligi sababli transport vositalaridan foydalanadigan shaxslarga nisbatan transport
vositalarini boshqarish huquqidan mahrum qilish chorasi qo‘llanilishi mumkin emas, ushbu
Kodeks 128 -moddasining 
beshinchi qismida
, 128 -moddasining 
uchinchi qismida
, 131-
moddasining 
birinchi qismida
, 136-moddasining 
birinchi qismida
nazarda tutilgan ma’muriy
huquqbuzarliklar sodir etilgan hollar bundan mustasno.
(28-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2015-yil 10-avgustdagi O‘RQ-389-sonli
Qonuni 
tahririda — O‘R QHT, 2015-y., 32-son, 425-modda)
Asosiy tirikchilik manbai ovchilik bo‘lgan shaxslarga nisbatan ov qilish huquqidan mahrum
etish chorasi qo‘llanilishi mumkin emas.
Oldingi
 tahrirga qarang.
28 -modda. Haq to‘lanadigan jamoat ishlariga majburiy ravishda jalb etish
Haq to‘lanadigan jamoat ishlariga majburiy ravishda jalb etish huquqbuzarni ijtimoiy
foydali jamoat ishlarini bajarishga majburiy ravishda jalb etishdan iborat bo‘lib, u sudlar
tomonidan sakkiz soatdan ikki yuz qirq soatgacha bo‘lgan muddatga tayinlanadi. Agar
huquqbuzar o‘qiyotgan bo‘lsa, jamoat ishlari o‘qishdan bo‘sh vaqtda bajariladi.
3
4
1


Huquqbuzarlar haq to‘lanadigan jamoat ishlarini o‘tashi mumkin bo‘lgan joylar (obyektlar)
va haq to‘lanadigan jamoat ishlarining turlari mazkur jazoning ijrosini nazorat qiluvchi organlar
— ichki ishlar organlarining probatsiya bo‘linmalari tomonidan belgilanadi.
Haq to‘lanadigan jamoat ishlari pensiya yoshiga yetgan shaxslarga, o‘n sakkiz yoshga
to‘lmagan shaxslarga, homilador ayollarga, uch yoshga to‘lmagan bolalari bor ayollarga, birinchi
va ikkinchi guruh nogironligi bo‘lgan shaxslarga, doimiy ishga ega shaxslarga, harbiy
xizmatchilarga nisbatan qo‘llanilmaydi.
Haq to‘lanadigan jamoat ishlariga jalb etiladigan shaxslar ish haqining ellik foizi aliment
majburiyatlari bo‘yicha qarzni to‘lashga yo‘naltiriladi.
Huquqbuzar jazoni o‘tashdan bo‘yin tovlagan taqdirda, sud haq to‘lanadigan jamoat
ishlarining o‘talmagan muddatini haq to‘lanadigan jamoat ishlarining to‘rt soati uchun
ma’muriy qamoqning bir kuniga teng jazo bilan yoxud haq to‘lanadigan jamoat ishlarining
sakkiz soati uchun bazaviy hisoblash miqdorining bir baravariga teng jarima bilan almashtiradi.
Bunda ma’muriy qamoqning muddati o‘n besh sutkadan, jarimaning miqdori esa bazaviy
hisoblash miqdorining yigirma baravaridan oshmasligi kerak.
Jazoni o‘tashdan bo‘yin tovlanilgan vaqt jazoning o‘talgan muddatiga qo‘shib
hisoblanmaydi.
(28 -modda O‘zbekiston Respublikasining 2023-yil 11-apreldagi O‘RQ-829-sonli 
Qonuniga 
asosan
kiritilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.04.2023-y., 03/23/829/0208-son)

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   360




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə