Umumiy qoidalar


 -modda. Karantinli va inson uchun xavfli bo‘lgan boshqa yuqumli kasalliklar paydo



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə21/360
tarix11.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#144896
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   360
22.09.1994. O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksi

29 -modda. Karantinli va inson uchun xavfli bo‘lgan boshqa yuqumli kasalliklar paydo
bo‘lishi hamda tarqalishi sharoitida tibbiy yo‘sindagi majburlov chorasini qo‘llash
Karantinli va inson uchun xavfli bo‘lgan boshqa yuqumli kasalliklar paydo bo‘lishi hamda
tarqalishi sharoitida epidemiyalarga qarshi kurash qoidalarini buzishga oid huquqbuzarlik sodir
etgan shaxsga nisbatan tegishli tibbiy asoslar mavjud bo‘lgan taqdirda davlat sanitariya nazorati
organlari tomonidan karantinda saqlash yoki davolanish tarzidagi tibbiy yo‘sindagi majburlov
chorasi qo‘llanilishi mumkin.
Tibbiy yo‘sindagi majburlov chorasi o‘ttiz sutkagacha bo‘lgan muddatda ma’muriy jazo
tayinlash bilan birga qo‘llaniladi hamda davlat sanitariya nazorati organlari tomonidan
belgilangan joylarda ijro etiladi.
Tibbiy yo‘sindagi majburlov chorasining ijrosi davlat sanitariya nazorati, ichki ishlar va
O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi organlari tomonidan ta’minlanadi.
(29 -modda O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 26-martdagi O‘RQ-613-sonli 
Qonuniga 
asosan
kiritilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 26.03.2020-y., 03/20/613/0362-son)
IV bob. MA’MURIY JAZONING QO‘LLANILIShI
30-modda. Ma’muriy jazo qo‘llanilishining umumiy qoidalari
Ma’muriy huquqbuzarlik uchun jazo ushbu Kodeks va boshqa normativ hujjatlarda
belgilab qo‘yilgan doirada va tartibda qo‘llaniladi.
Jazoni qo‘llanish chog‘ida sodir etilgan huquqbuzarlik xususiyati, huquqbuzarning shaxsi,
uning aybdorlik darajasi, mulkiy ahvoli, javobgarlikni yengillashtiruvchi va og‘irlashtiruvchi
holatlar hisobga olinadi.
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 30-noyabrdagi 35-son “Sudlar
tomonidan ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rishni tartibga soluvchi qonunlarni
qo‘llashning ayrim masalalari to‘g‘risida”gi Qarorining 
22-bandi
.

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   360




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə