Umumiy qoidalar


-modda. Ma’muriy javobgarlikni yengillashtiruvchi holatlar



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə22/360
tarix11.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#144896
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   360
22.09.1994. O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksi

31-modda. Ma’muriy javobgarlikni yengillashtiruvchi holatlar
Ma’muriy javobgarlikni yengillashtiruvchi holatlar jumlasiga quyidagilar kiradi:
1) aybdorning o‘z qilmishidan chin ko‘ngildan pushaymon bo‘lishi;
2) aybdorning huquqbuzarlikning zararli oqibatlari oldini olishi, yetkazilgan ziyonni ixtiyoriy
ravishda to‘lashi yoki keltirilgan zararni bartaraf qilishi;
3) huquqbuzarlikning kuchli ruhiy hayajon ta’siri ostida yoki og‘ir shaxsiy, oilaviy yoxud
boshqa sharoitlar yuzaga kelganligi oqibatida sodir etilishi;
4) huquqbuzarlikning tahdid yoki majburlov ta’sirida yoxud xizmat yuzasidan, moddiy yoki
boshqa jihatdan qaramligi ta’siri ostida sodir etilishi;
5) huquqbuzarlikning voyaga yetmagan shaxs tomonidan sodir etilishi;
2
8
9
1
1
2
3
1
1
1
1
1
2
2


6) huquqbuzarlikning homilador ayol yoki o‘n to‘rt yoshgacha bo‘lgan bolasini yakka o‘zi
tarbiyalayotgan shaxs tomonidan sodir etilishi.
Ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishni ko‘rib chiquvchi organ (mansabdor shaxs)
boshqa holatlarni ham javobgarlikni yengillashtiruvchi holat deb topishi mumkin.
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 30-noyabrdagi 35-son “Sudlar
tomonidan ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rishni tartibga soluvchi qonunlarni
qo‘llashning ayrim masalalari to‘g‘risida”gi Qarorining 
19-bandi
.
32-modda. Ma’muriy javobgarlikni og‘irlashtiruvchi holatlar
Ma’muriy javobgarlikni og‘irlashtiruvchi holatlar jumlasiga quyidagilar kiradi:
1) g‘ayrihuquqiy harakatlarni to‘xtatish vakolati bor shaxslar tomonidan qo‘yilgan talabga
qaramay, bunday harakatlarni davom ettirish;
2) ma’muriy jazo chorasiga tortilgan shaxsning bir yil mobaynida yana o‘sha xildagi
huquqbuzarlikni sodir etishi, xuddi shuningdek huquqbuzarlikning ilgari sudlangan shaxs
tomonidan sodir etilishi;
3) voyaga yetmagan shaxsni huquqbuzarlikka tortish;
4) huquqbuzarlikning bir guruh shaxslar tomonidan sodir etilishi;
5) huquqbuzarlikning tabiiy ofat sharoitida yoki boshqa favqulodda holatlarda sodir
etilishi;
6) huquqbuzarlikning mast holda sodir etilishi. Ma’muriy jazo chorasini qo‘llanuvchi organ
(mansabdor shaxs) sodir etilgan ma’muriy huquqbuzarlikning xususiyatiga qarab mazkur
holatni aybni og‘irlashtiruvchi holat deb topmasligi mumkin.
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 30-noyabrdagi 35-son “Sudlar
tomonidan ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rishni tartibga soluvchi qonunlarni
qo‘llashning ayrim masalalari to‘g‘risida”gi Qarorining 
19-bandi
.

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   360




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə