Umumiy qoidalar


-modda. Ma’muriy qamoqqa olish



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə19/360
tarix11.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#144896
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   360
22.09.1994. O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksi

29-modda. Ma’muriy qamoqqa olish
Oldingi
 tahrirga qarang.
Ma’muriy qamoqqa olish uch sutkadan o‘n besh sutkagacha muddatga, favqulodda holat
tartibi sharoitida esa, jamoat tartibiga tajovuz qilganligi uchun — o‘ttiz sutkagacha muddatga
qo‘llaniladi. Ma’muriy qamoqqa olish jinoyat ishlari bo‘yicha tuman (shahar) sudi tomonidan,
favqulodda holat tartibi sharoitida esa, shuningdek harbiy komendant yoki ichki ishlar organi
boshlig‘i tomonidan belgilanadi.
(29-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 12-yanvardagi O‘RQ-665-sonli
Qonuni 
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 13.01.2021-y., 03/21/665/0015-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 9-yanvardagi O‘RQ-420-sonli “Ma’muriy qamoqni
o‘tash tartibi to‘g‘risida”gi Qonunning 3-moddasi birinchi qismi 
oltinchi xatboshisi
.
Oldingi
 tahrirga qarang.
Ma’muriy qamoqqa olish chorasi homilador ayollarga, uch yoshgacha bolasi bo‘lgan
ayollarga, o‘n to‘rt yoshgacha bo‘lgan bolasini yakka o‘zi tarbiyalayotgan shaxslarga, o‘n sakkiz
yoshga to‘lmagan shaxslarga, birinchi va ikkinchi guruh nogironligi bo‘lgan shaxslarga nisbatan
qo‘llanilishi mumkin emas.
(29-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 17-maydagi O‘RQ-770-sonli
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 18.05.2022-y., 03/22/770/0424-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 30-noyabrdagi 35-son “Sudlar
tomonidan ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rishni tartibga soluvchi qonunlarni
qo‘llashning ayrim masalalari to‘g‘risida”gi Qarorining 
24-bandi
.
Oldingi
 tahrirga qarang.

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   360




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə