Umumiy qoidalar


-modda. Ma’muriy qamoq va maxsus huquqdan mahrum etish muddatlarini



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə24/360
tarix11.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#144896
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   360
22.09.1994. O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksi

35-modda. Ma’muriy qamoq va maxsus huquqdan mahrum etish muddatlarini
hisoblash
Ma’muriy qamoq muddati sutkalar bilan, maxsus huquqdan mahrum etish muddati esa —
kunlar, oylar, yillar bilan hisoblanadi.
36-modda. Ma’muriy jazo qo‘llanish muddatlari
Oldingi
 tahrirga qarang.
Ma’muriy jazo huquqbuzarlik sodir etilgan kundan boshlab, davom etayotgan
huquqbuzarliklar uchun esa, huquqbuzarlik aniqlangan kundan boshlab bir yildan kechiktirmay
qo‘llanilishi mumkin.
(36-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2015-yil 10-avgustdagi O‘RQ-389-sonli
Qonuni 
tahririda — O‘R QHT, 2015-y., 32-son, 425-modda)
Oldingi
 tahrirga qarang.
Jinoyat ishini qo‘zg‘atish rad etilgan yoki jinoyat ishi tugatilgan bo‘lsa-yu, lekin
huquqbuzarning harakatlarida ma’muriy huquqbuzarlik alomatlari mavjud bo‘lsa, ma’muriy jazo
chorasi jinoyat ishi qo‘zg‘atishni rad etish yoki jinoyat ishini tugatish to‘g‘risida, agar ushbu
moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan muddatlar o‘tmagan bo‘lsa, qaror qabul qilingan
kundan e’tiboran bir oydan kechiktirmay qo‘llanilishi mumkin.
(36-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 29-yanvardagi O‘RQ-463-sonli
Qonuni 
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 30.01.2018-y., 03/18/463/0634-son — 2018-yil
1-apreldan kuchga kiradi)
Oldingi
 tahrirga qarang.
Ushbu moddada nazarda tutilgan muddatlar ashyolarni bojxona munosabatlarini tartibga
soladigan qonunchilik asosida musodara qilish hollariga nisbatan tatbiq etilmaydi.
(36-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 30-noyabrdagi 35-son “Sudlar
tomonidan ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rishni tartibga soluvchi qonunlarni
qo‘llashning ayrim masalalari to‘g‘risida”gi Qarorining 
18-bandi
.

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   360




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə