Umumiy qoidalar


-modda. Tugaganidan so‘ng shaxs ma’muriy jazoga tortilmagan deb hisoblanadigan



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə25/360
tarix11.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#144896
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   360
22.09.1994. O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksi

37-modda. Tugaganidan so‘ng shaxs ma’muriy jazoga tortilmagan deb hisoblanadigan
muddat
Basharti ma’muriy jazoga tortilgan shaxs shu jazoni o‘tash muddati tugagan kundan
boshlab bir yil mobaynida yangi ma’muriy huquqbuzarlik sodir etmagan bo‘lsa, mazkur shaxs
ma’muriy jazoga tortilmagan deb hisoblanadi.
38-modda. Etkazilgan zararni qoplash majburiyatini yuklash
Ma’muriy huquqbuzarlik sodir etgan shaxs ma’muriy huquqbuzarlik oqibatida keltirilgan
zararni qoplashi shart.
Oldingi
 tahrirga qarang.
Basharti ma’muriy huquqbuzarlik sodir etish oqibatida jismoniy shaxsga, korxona,
muassasa, tashkilotga, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organi yoki davlatga yetkazilgan
1


mulkiy zarar belgilab qo‘yilgan bazaviy hisoblash miqdoridan ko‘p bo‘lmasa, organ (mansabdor
shaxs) jazo qo‘llanish paytida aybdor bu zararni qoplashi to‘g‘risidagi masalani ham hal etishga
haqlidir, jinoyat ishlari bo‘yicha sud esa — bu masalani yetkazilgan zarar miqdoridan qat’i nazar
hal qilaveradi.
(38-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 12-yanvardagi O‘RQ-665-sonli
Qonuni 
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 13.01.2021-y., 03/21/665/0015-son)
Boshqa hollarda ma’muriy huquqbuzarlik natijasida yetkazilgan mulkiy zararni qoplash
fuqarolik-huquqiy tartibida hal qilinadi.
39-modda. Bajarilmaganligi uchun ma’muriy jazo qo‘llanilgan vazifani ijro etish
Ma’muriy jazoni qo‘llanish ma’muriy huquqbuzarlik sodir etgan shaxsni bajarilmaganligi
uchun ma’muriy jazo qo‘llanilgan vazifani bajarishdan ozod etmaydi.
MAXSUS QISM
V bob. FUQAROLARNING HUQUQ VA ERKINLIKLARIGA TAJOVUZ QILADIGAN
HUQUQBUZARLIKLAR UChUN MA’MURIY JAVOBGARLIK
40-modda. Tuhmat
Tuhmat, ya’ni bila turib yolg‘on, boshqa bir shaxsni sharmanda qiluvchi uydirmalarni
tarqatish —
Oldingi
 tahrirga qarang.
bazaviy hisoblash miqdorining yigirma baravaridan oltmish baravarigacha miqdorda
jarima solishga sabab bo‘ladi.
(40-moddaning sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-586-sonli
Qonuni 
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
 LexUZ sharhi

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   360




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə