Umumiy qoidalar



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/360
tarix11.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#144896
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   360
22.09.1994. O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksi

IKKINChI BO‘LIM
MA’MURIY HUQUQBUZARLIK VA MA’MURIY JAVOBGARLIK
UMUMIY QISM
II bob. MA’MURIY HUQUQBUZARLIK
10-modda. Ma’muriy huquqbuzarlik tushunchasi
Oldingi
 tahrirga qarang.
Ma’muriy huquqbuzarlik deganda qonunchilikka binoan ma’muriy javobgarlikka tortish
nazarda tutilgan, shaxsga, fuqarolarning huquqlari va erkinliklariga, mulkchilikka, davlat va
jamoat tartibiga, tabiiy muhitga tajovuz qiluvchi g‘ayrihuquqiy, aybli (qasddan yoki ehtiyotsizlik
orqasida) sodir etilgan harakat yoki harakatsizlik tushuniladi.
(10-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: Jinoyat kodeksining 
14-moddasi
.
Ushbu Kodeksda nazarda tutilgan huquqbuzarlik uchun ma’muriy javobgarlik, basharti bu
huquqbuzarlik o‘z xususiyatiga ko‘ra jinoiy javobgarlikka tortishga sabab bo‘lmagan taqdirda,
amalga oshiriladi.
11-modda. Ma’muriy huquqbuzarlikni qasddan sodir etish
Basharti ma’muriy huquqbuzarlik sodir etgan shaxs o‘z harakati yoki harakatsizligi
g‘ayrihuquqiy ekanligini bilgan bo‘lsa, uning zararli oqibatlariga ko‘zi yetgan, yuz berishini
istagan bo‘lsa yoki bu oqibatlarning kelib chiqishiga ongli ravishda yo‘l qo‘ygan bo‘lsa, bunday
ma’muriy huquqbuzarlik qasddan sodir etilgan deb hisoblanadi.
 LexUZ sharhi
Qarang: Jinoyat kodeksining 
21-moddasi
.
12-modda. Ma’muriy huquqbuzarlikni ehtiyotsizlik orqasida sodir etish
Basharti ma’muriy huquqbuzarlik sodir etgan shaxs o‘z harakati yoki harakatsizligi zararli
oqibatlarga olib kelishi mumkinligini oldindan ko‘ra bilgan bo‘lsa ham, lekin kaltabinlik bilan
ularning oldini olish mumkin deb o‘ylagan bo‘lsa, yoxud bunday oqibatlarning kelib chiqishi
mumkinligini oldindan ko‘rishi lozim va mumkin bo‘lgani holda oldindan ko‘ra bilmagan bo‘lsa,
bunday ma’muriy huquqbuzarlik ehtiyotsizlik orqasida sodir etilgan deb hisoblanadi.
 LexUZ sharhi
Qarang: Jinoyat kodeksining 
22-moddasi
.

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   360




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə