Umumiy qoidalar


-modda. Ma’muriy huquqbuzarlik uchun ta’sir ko‘rsatish choralarini qo‘llanish



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/360
tarix11.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#144896
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   360
22.09.1994. O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksi

8-modda. Ma’muriy huquqbuzarlik uchun ta’sir ko‘rsatish choralarini qo‘llanish
vaqtida qonuniylikni ta’minlash
Oldingi
 tahrirga qarang.
Ma’muriy huquqbuzarlik uchun hech kim qonunchilikda belgilangan asoslar va tartibdan
boshqacha tarzda ta’sir ko‘rsatish chorasiga tortilishi mumkin emas.
(8-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishlarni yuritish qonuniylikka rioya qilish asosida olib
boriladi.
Tegishli vakolat berilgan organlar va mansabdor shaxslar ma’muriy ta’sir ko‘rsatish
choralarini o‘z vakolatlari doirasida qo‘llaydilar.
Oldingi
 tahrirga qarang.
Ma’muriy huquqbuzarlik uchun ta’sir ko‘rsatish choralarini qo‘llanish chog‘ida qonunchilik
talablariga rioya etilishi vakolatli yuqori turuvchi organlar va mansabdor shaxslar tomonidan
muntazam ravishda nazorat qilib turilishi bilan, prokuror nazorati bilan, shikoyat berish huquqi
bilan ta’minlanadi.
(8-moddaning to‘rtinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oldingi
 tahrirga qarang.
9-modda. Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi qonunchilikning amal qilishi
(9-moddaning nomi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli 
Qonuni
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oldingi
 tahrirga qarang.
Ma’muriy huquqbuzarlik sodir etgan shaxs bu huquqbuzarlik sodir etilgan vaqt va joyda
amal qilayotgan qonunchilikka asosan javobgarlikka tortiladi, bundan ushbu moddaning
uchinchi qismida
 nazarda tutilgan hollar mustasno.
(9-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2023-yil 15-martdagi O‘RQ-823-sonli
Qonuni
 tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 15.03.2023-y., 03/23/823/0150-son — 2023-yil 16-
iyundan kuchga kiradi)
Oldingi
 tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasining bayrog‘i ostidagi yoki O‘zbekiston Respublikasining portida
ro‘yxatga olingan va O‘zbekiston Respublikasi hududidan tashqarida ochiq havo yoki suv
bo‘shlig‘ida bo‘lgan kemada ma’muriy huquqbuzarlik sodir etgan shaxs, agar O‘zbekiston
Respublikasining xalqaro shartnomasida boshqacha tartib nazarda tutilmagan bo‘lsa, ushbu
Kodeksga muvofiq ma’muriy javobgarlikka tortiladi.
(9-modda O‘zbekiston Respublikasining 2008-yil 8-apreldagi O‘RQ-145-sonli 
Qonuni
 asosida ikkinchi
qism bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2008-y., 14-15-son, 88-modda)
Oldingi
 tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari, shuningdek O‘zbekiston Respublikasida doimiy
yashovchi fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar, agar ular chet davlat hududida huquqbuzarlik sodir
etgan va ushbu Kodeksning 
47 -moddasida
nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarlik sodir
etganligi uchun o‘sha davlatning qonunchiligiga muvofiq javobgarlikka tortilmagan bo‘lsa,
ushbu Kodeksga muvofiq ma’muriy javobgarlikka tortiladi.
(9-modda O‘zbekiston Respublikasining 2023-yil 15-martdagi O‘RQ-823-sonli 
Qonuniga
asosan
uchinchi qism bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 15.03.2023-y., 03/23/823/0150-son
6


— 2023-yil 16-iyundan kuchga kiradi)
Ma’muriy huquqbuzarlik uchun javobgarlikni yengillashtiruvchi yoki bekor qiluvchi hujjatlar
orqaga qaytish kuchiga egadir, ya’ni ushbu hujjatlar chiqqunga qadar sodir etilgan
huquqbuzarlik hollariga ham taalluqlidir. Ma’muriy huquqbuzarlik uchun javobgarlikni
belgilovchi yoki javobgarlikni kuchaytiruvchi hujjatlar esa orqaga qaytish kuchiga ega bo‘lmaydi.
Oldingi
 tahrirga qarang.
Ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishlar huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ish ko‘rilayotgan
vaqt va joyda amal qilib turgan qonunchilik asosida yuritiladi.
(9-moddaning to‘rtinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   360




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə