Umumiy qoidalar


 MUKOFOTNING ISHTIROKCHILAR UCHUN AHAMIYATI



Yüklə 139,2 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/7
tarix25.07.2023
ölçüsü139,2 Kb.
#119948
1   2   3   4   5   6   7
reglamentUz

2. MUKOFOTNING ISHTIROKCHILAR UCHUN AHAMIYATI 
 
1.
Iste'molchilarning ochiq xalqona ovoz berishida qatnashish imkoniyati (2022-yilda ovoz 
berish ishtirokchilari soni 580 000 kishidan oshgandi). Bugungi kunda mazkur har yilgi ovoz 
berish O‘zbekistonda iste'molchilar sadoqati bo‘yicha marketing tadqiqotining eng keng 
ko‘lamli tarmoq vositasi sanaladi. 
2.
Uyushmaning 200 dan ziyod ekspertlari va hamkorlarining ovoz berishi. 
3.
Brend marketing yutuqlarini keng ommaga taqdim etish imkoniyati. 
4.
2022-yilgi biznes-yutuqlarini keng iste'molchilar va ekspertlar auditoriyasi oldida qayd 
etish. 
5.
Brend marketing bo‘yicha mutaxassislar rolini oshirish va ularning xizmatlari hamda 
mehnatlari natijasini e'tirof etish, brendning barcha biznes-jarayonlari uchun marketingning 
ahamiyatini ommalashtirish. 
6.
O‘zbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish 
qo‘mitasi va O‘zbekiston marketing uyushmasidan iste'molchilar va ekspertlar e'tirofiga 
ko‘ra “2022-yil brendi” maqomini olish imkoniyati. 
7.
“2022-yil brendi” maqomidan reklamada va ommaviy axborot vositalarida foydalanish 
imkoniyati. 
8.
Mukofot natijalarining har yilgi O‘zbekiston brendlari va agentliklari marketing reytingiga 
qo‘shilishi. 
3. ARIZALARNI TAQDIM ETISH QOIDALARI 
 


1.
Mukofotda qatnashish uchun ariza topshirish tashabbuskori brendlar (yuridik shaxslar) 
bo‘ladi. 
2.
Mukofotda qatnashish uchun 
www.marketing.uz
 saytida avtorizatsiyadan o‘tish, arizadagi 
barcha kerakli satrlar: Mukofot kontakt ma'lumotlari, nominatsiya nomi, brend yoki brend 
mahsuloti nomi kabilarni to‘ldirish va taqdimotni yuklash (pdf yoki YouTube`dagi videoga 
havola) taomilini bajarish kerak bo‘ladi. Brend taqdimoti yuklanganidan keyin “Jo‘natish” 
tugmasini bosib arizani jo‘natish lozim. Tanlov tashkilotchisi ariza olingandan keyin 3 ish 
kuni ichida kelib tushgan arizaning Mukofot talablariga muvofiqligini tekshiradi, 
ishtirokchiga ishtirok uchun to‘lovga shartnoma yo‘llaydi. Ishtirok haqi to‘langach, taqdimot 
www.marketing.uz saytida aks etadi, brend esa Mukofot ishtirokchisiga aylanadi.
3.
Mukofotda qatnashish – pulli. Qatnashish narxi 1 568 000 so‘m (QQS bilan birga). Xorijiy 
valyutada to‘langanda MBning to‘lov sanasidagi kursi bilan hisoblanadi. 
4.
Bitta ariza bir yoki bir nechta nominatsiyaga taqdim etilishi mumkin. Agar bir xil ariza ikki va 
undan ortiq nominatsiyaga taqdim etilsa, taqdim etilgan arizalar soni nominatsiyalar soniga 
tenglashtiriladi va ishtirokchi har bir nominatsiya uchun Reglamentning ushbu bo‘limi 3- 
b.ga muvofiq haq to‘laydi. Uchinchi va har bir keyingi ariza uchun 50% miqdorida chegirma 
taqdim etiladi. 
5.
O‘zbekiston marketing uyushmasi hamkorlariga 50% miqdorida chegirma beriladi. 
Uyushmaning Premium hamkorlari uchun mukofotda qatnashish – bepul. 
6.
To‘lov yuridik shaxslar o‘rtasida shartnoma asosida bank o‘tkazmasi orqali yoki Uzum, 
Payme to‘lov tizimi orqali amalga oshiriladi. 
7.
Brendning bir yoki undan ziyod, brendga mos nominatsiyalarga taqdim etilgan taqdimoti 
ariza sifatida qabul qilinadi. 
8.
Faqat arizani belgilangan muddatgacha topshirin, qatnashish to‘lovini to‘lash kabi talablar 
bajarilganda, brend Mukofotda qatnashyapti, deb sanaladi. 
9.
Qatnashish to‘lovi Mukofotda muvaffaqiyatli natijani kafolatlamaydi. 
10.
Mukofotda qatnashish ishtirokchi ushbu reglament bilan tanishib chiqqanligi va unga rozi 
ekanligini anglatadi. Qatnashish to‘g‘risidagi shartnoma rozilikning yozma tasdig‘i sanaladi. 

Yüklə 139,2 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə