Umumiy qoidalar


  Turizm va rekreatsiya uchun tovarlar va xizmatlar



Yüklə 139,2 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/7
tarix25.07.2023
ölçüsü139,2 Kb.
#119948
1   2   3   4   5   6   7
reglamentUz

22. 
Turizm va rekreatsiya uchun tovarlar va xizmatlar: 
sayyohlik kompaniyalari, kurortlar, 
sanatoriylar, dam olish uylari va zonalari, mahsulotlar va xizmatlari, bronlash servislari, 
aviakassalar. 
 
23. 
Farmatsevtik kompaniyalar va preparatlar: 
farmatsevtik kompaniyalar va preparatlar. 
 
24. 
Fitnes-xizmatlar, sog‘lom ovqatlanish: 
fitnes-klublar, sport zallari, vitaminlar, BFQ, 
energetik batonchalar, ichimliklar, fitnes-dasturlar, mashq lagerlari, sport va mashq jiozlari. 
25. 
Boshqa tovarlar va xizmatlar. 
 
10. HAY'AT VA ISTE'MOLCHILAR OVOZ BERISHINING TARTIBI 


1.
Ariza qabul qilish muddati yakunlanganidan keyin ovoz berish jarayonlari boshlanadi. 
2.
Arizani topshirishda brend qaysi ovoz berishda ishtirok etishini tanlashi mumkin. Faqat 
iste'molchi ovoz berishda, faqat ekspertlar hay'ati ovoz berishda yoki ikkala ovoz 
berishda ishtirok etishni tanlashi mumkin. 
3.
G‘oliblar ekspertlar va iste'molchilar o‘rtasida alohida ovoz berish natijalariga ko‘ra 
tanlanadi. 
4.
Ekspert hay'atining ovoz berishi:
ovoz berishda Mukofot ekspert hay'ati qatnashadi. 
Ovoz berish moderatori – “De Facto” marketing agentligi. 
5.
Shuningdek, Mukofotda maxsus sovrinlar ko‘zda tutilgan, ularning sohiblarini ekspert 
hay'ati aniqlaydi. 
6.
Iste'molchilar ovoz berishi:
Uzbrand telegram-botida iste'molchilar ochiq ovoz berishi 
orqali amalga oshiriladi, unda istalgan kishi qatnashib, brendlar uchun ovoz berishi 
mumkin. 
7.
Iste'molchilar ovoz berishining statistikasi real vaqt rejimida marketing.uz saytida aks 
etadi. 
8.
Barcha istovchilar Mukofot video roliklari yoki taqdimotlari bilan tanishish uchun 
marketing.uz saytidagi Mukofot bo‘limiga o‘tishlari mumkin. 
9.
Mukofot g‘oliblari haqidagi axborot ular Taqdirlash marosimida rasman e'lon 
qilinganidan keyin marketing.uz saytida chop etiladi.
10.
Mukofot tashkilotchilari OAV va internet-resurslarda Mukofotni yoritish uchun 
brendlarning har qanday taqdimotlaridan foydalanish (mualliflikni albatta ko‘rsatgan 
holda) huquqiga ega. 
11.
Ovoz berish davomida brend uchun ovoz berishga chorlashga ruxsat beriladi. Sovrinlar, 
boshqa moddiy qimmatliklar yutib olishni va'da qilish, ovoz berganlik uchun chegirmalar, 
bonuslar berish bilan bog‘liq chorlovlar yoki boshqa turdagi faoliyat (giv, tanlov, o‘yin va 
sh.k.)ga ruxsat berilmaydi. 

Yüklə 139,2 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə