Umumiy yer bilimi


 Mavzu: GEOGRAFIK KOBIKNING GORIZONTAL TUZILISHI



Yüklə 380,23 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə29/36
tarix17.06.2023
ölçüsü380,23 Kb.
#117571
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   36
Umumiy yer bilimi

 
18. Mavzu: GEOGRAFIK KOBIKNING GORIZONTAL TUZILISHI. 
R E J A 
 
1. Geografik kobikning gorizontal yunalishida tabakalanishining asosiy 
omillari. 
2. Mintakaviy zonal tuzilmalar. 
3. Zonallik. 
Geografik 
qobiqning gorizontal tuzilishi uning vertikal tuzilishidan 
keskin farq qiladi. Geografik qobiqning bo'ylama tuzilishining asosiy omili 
bo'lib, moddaning zichligi va holati xisoblanadi. 
Eng qattiq va zich moddalar litosferadi, o'rtacha zichlikka ega bo'lgan 
suyuq moddalar gidrosferani, zichligi juda kam bo'lgan, gaz holdagi 
moddalar atmosferani va tirik moddalar esa biosferani tashkil qiladi. 
Geografik qobiqning ko'ndalang yo'nalishdagi tabaqalanishi 
geotizimlarni tarqalishiga bog'liq. 
Geotizim yoki tabiiy xududiy majmua deb, yaxlit bir butun tizimdan 
iborat bo'lgan geografik tarkiblarning qonuniy uyg'unligiga aytiladi. 
Geografik qobiqning ko'ndalang yo'nalishdagi tabaqalanishi planetar, 
regional va mahalliy miqyoslarda sodir bo'ladi. Planetar miqyosdagi 
tabaqalanishning asosiy omili bo'lib quyidagilar xisoblanadi: 
1) Yerning sharsimonligi. Mazkur omil tabiiy geografik jarayonlarni 
mintaqaviy zonal tarqalishini keltirib chiqaradi. 
2) Quruqlik, okean va muzliklarning tarqalishi. ular tufayli yer yuzasida 
tabiiy geografik jarayonlarning xilma-xilligi vujudga keladi. Koriolis kuchi 
geografik qobiqda moddaning harakat yo'nalishiga ta'sir ko'rsatadi. 
Region miqyosida geografik qobiqning tabaqalanishida materik va 
okeanlarning joylanishi hamda qiyofasidagi farqlar muhim o'rin tutadi. Ular 


53 
ta'sirida namlik va issiqlik taqsimlanadi, atmosfera va okean harakatlari 
vujudga keladi, geografik zonalar o'ziga xos ravishda joylashadi. 
Mahalliy miqyosda geografik qobiq tabaqalanishidagi asosiy omillar 
bo'lib, relyefning tuzilishi, tog' jinslarining tarkibi va ularning fizik-ximik 
xossalari, yon bag'irlarning shakli va ekspozisiyasi, namlanish turlari va 
boshqalar xisoblanadi. Ular ta'sirida kichik xududlarda turli xil xususiyatga 
ega bo'lgan geotizimchalar vujudga keladi. 
Yerning sharsimonligi tufayli yer yuzasida quyosh issiqligi va nurlari 
notekis taqsimlanadi, bu geografik qobiqda mintaqaviylikni keltirib 
chiqaradi. Natijada yer yuzasidagi barcha tabiiy geografik jarayonlar 
mintaqaviy xususiyatlarga ega bo'ladi. Ular kengliklar bo'yicha tarqaladi. 
Geografik qobiqda iqlim ko'rsatkichlari, o'simlik guruhlari, tuproq turlari 
uchun hodisa va jarayonlarning bunday tarqalishi qonuniydir.
Quyosh nurlarning yer yuzasiga tushishi atmosferaning xolatiga bog'liq. 
Atmosferaning ba'zi joylari tiniq, ba'zi joylarida changlar va nam ko'p 
bo'ladi. Demak, quyosh nurlarini ekvatordan qutiblar tomon kamayib 
borishiga atmosferaning tiniqlik darajasi ham ta'sir etadi. Yer yuzasida 
haroratning taqsimlanishi quyosh issiqligiga bog'liq, ammo haroratning 
taqsimlanishiga yer yuzasining issiqlik sig'imi ham ta'sir qiladi. Shuningdek
okean va havo oqimlarining ham ta'siri bor.

Yüklə 380,23 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   36




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə