Umummetodologik fanlar kafedrasi



Yüklə 20,33 Kb.
səhifə4/4
tarix27.12.2023
ölçüsü20,33 Kb.
#162692
1   2   3   4
Ибн Сино жамоат фондининг 2013 йил фаолияти ва иқтисодий ҳолати -genderi.org

Tayanch tushunchalar:
- Pedagogika (yunoncha paidagogike bo‘lib, paidagogos («bola» va «yetaklayman») tushunchasi asosida shakllangan) -shaxsni shakllantirishga yo‘naltirilgan muayyan tizimli faoliyat, shuningdek, ta’lim-tarbiya mazmuni, umumiy qonuniyatlari, shakli va metodlari haqidagi fan.
- Ta’lim nazariyasi (didaktika) – pedagogika fanining muhim tarkibiy qismi bo‘lib, shaxsni intellektual jihatdan rivojlantirish, ta’lim jarayonining mohiyati, bosqichlari, tamoyillari, qonuniyatlari, o‘qituvchi va o‘qituvchi faoliyati birligi, o‘qitishning mazmuni, shakl, metod va vositalari, ta’lim jarayonini takomillashtirish yo‘llari kabi muammolarni tadqiq etadi.
- Tarbiya nazariyasi – pedagogikaning asosiy, muhim tarkibiy qismlaridan biri bo‘lib, u jamiyat va oilaning barkamol shaxs va malakali mutaxassisni tayyorlash muammolarini o‘rganadi.
Kategoriya - fanning mohiyatini ifoda etuvchi eng muhim, asosiy tushuncha.
Tarbiya – aniq maqsad hamda ijtimoiy-tarixiy tajriba asosida tashkil etilib, shaxsni mehnat va ijtimoiy faoliyatga tayyorlashga yo‘naltirilgan pedagogik jarayon.
Ta’lim – maxsus mutaxassislik ma’lumotiga ega shaxslar rahbarligida tashkil etilib, o‘quvchilarni nazariy bilim, amaliy ko‘nikma va malakalar bilan qurollantirish, ularning bilish qobiliyatlarini o‘stirish va dunyoharashlarini shakllantirishga yo‘naltirilgan jarayon.
Bilim – tizimlashtirilgan ilmiy ma’lumotlar majmui.
Ko‘nikma – shaxsning muayyan faoliyatni tashkil eta olish qobiliyati.
Malaka – mashq qilish jarayonida muayyan harakat yoki faoliyatni bajarishning avtomatlashtirilgan shakli.
Ma’lumot – ta’lim-tarbiya natijasini ifodalovchi tizimlashtirilgan bilim, hosil qilingan ko‘nikma va malakalar, shuningdek, tarkib topgan dunyoqarash majmui.
Rivojlanish – shaxsning fiziologik va intellektual o‘sishida namoyon bo‘layotgan miqdor va sifat o‘zgarishlarning mohiyatini ifoda etuvchi murakkab jarayon.
Pedagogik ilmiy-tadqiqot metodlari – shaxsni tarbiyalash, unga muayyan yo‘nalishlarda chuqur, puxta ilmiy bilimlarni berishga yo‘naltirilgan pedagogik jarayonning ichki mohiyati, aloqa va qonuniyatlarini maxsus tekshirish va bilish usullari bo‘lib, ular asosida muammoni ijobiy hal etishga yordam beruvchi tamoyillari, obyekti va subyektiv omillari aniqlanadi.
E’TIBORINGIZ UCHUN
RAHMAT
http://genderi.org
Yüklə 20,33 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə