Umumta’lim maktablarda musiqa to‘garaklarini samarali tashkil etishda o‘zbek mumtoz kuy va ashula namunalaridan foydalanishning pedagogik shart sharoitlari. Axtamov Izzatullo Ikromovich



Yüklə 20,54 Kb.
səhifə2/3
tarix28.11.2023
ölçüsü20,54 Kb.
#137949
1   2   3
MAQOLA-4

Key words: Circle, aesthetics, method, music, education, spirituality, mind, educational process, tone, ethics, classical music, creativity, example, education, style, method, example, education, open voice, harmony.
KIRISH
Hozirgi texnologik va ilg‘or rivojanib borayotgan asrda musiqa darslarini zamon talablari darajasida yo‘lga qo‘yish maktab ta’lim musiqa rahbarining eng muhim vazifalaridan biri hisoblanadi. Musiqa san’ati shaxs tarbiyasi, uning kamol topishi va estetik tarbiyasida muhim omili bo‘lib, u yosh avlod kamolotiga kuchli ta’sir ko‘rsatadigan jarayondir.Ta’lim bolalar o‘zbek mumtoz musiqasini qanday idrok etishi, eng muhim masaladir. Bugungi kunda o‘quvchilarni badiiy-estetik tarbiyalash, ularni ma’nan ham jismonan yetuk, insonlar bo‘lib voyaga yetkazishda musiqa ta’limining ahamiyati tobora yaqqol namoyon bo‘lmoqda. Mumtoz kuy va ashulalarimiz bilan butun dunyoni o‘ziga jalb etayotgan o‘zbek xalqining madaniy tarixiga nazar tashlaydigan bo‘lsak, san’atsevar xalqimiz hayotida musiqa san’ati alohida o‘rin tutayotganiga guvoh bo‘lamiz. Musiqaning ana shu kabi tarbiyaviy kuchidan foydalanish, yosh avlodning ma’naviy dunyoqarashini o‘zbek musiqasi orqali shakllantirish, ularda yuksak ma’naviy-axloqiy fazilatlarni tarbiyalash umumta’lim maktablarining eng muhim va dolzarb vazifalaridandir.


ASOSIY QISM
Maktab o‘quvchilarni musiqaga mehr va ishtiyoq uyg‘otish, o‘quvchilarining musiqiy saviyasini oshirish maqsadida xonandalik, musiqa savodxonligi va cholg‘u ijrochiligi yo‘nalishlari bo‘yicha sinfdan tashqari mashg‘ulotlarni kuchaytirish kerak. So‘nggi yillarda davlatimiz rahbari tomonidan musiqa madaniyatini ommaviy rivojlantirish bo‘yicha keng ko‘lamli qaror va farmonlar ishlab chiqilib, ular muntazam ravishda amalga oshirilmoqda. Musiqa savodxonligi darsi o‘quvchilarda dastlabki musiqa madaniyatini, badiy-estetik didni shakllantirishning asosiy omili hisoblanadi. Sinfdan tashqari to‘garaklarda musiqa ta’limining asosiy maqsadi o‘quvchilarni imkon qadar ommaviy va to‘garak ishlariga jalb etish, dunyoqarashini har tomonlama shakllantirish, badiiy-estetik didni o‘stirish, tabiatga, ona Vatanga muhabbatni oshirishdan iborat. Bu maqsadga erishish uchun musiqa darslari bilan bir qatorda yangi va ilg‘or texnologik metodlardan keng foydalaniladi.
1. Sindan tashqari faoliyat musiqiy to‘garak olib borish uchun shu sohadagi bilim,malak va ko‘nikmalarga ega kadrlarni faoliyatga jalb etish.
2. To‘garak o‘tkaziladigan sinf xonasini fanga oid materiallar bilan jihozlash.
3. Dars jarayonida kerak bo‘ladigan cholg‘u asboblari va AKT jihozlari bilan ta’minlanishi.
4. O‘zbek mumtoz kuy va ashula namunalarini eshitish uchun qayta ishlangan va zamonaviy talqinda (aranjirovkada) bo‘lgan kuy parchalari bilan sinf fonotekasini yanada boyitish.
5. To‘garak a’zolari haqidagi to‘liq malumotlar, to‘garakning ish rejasi, tarqatma materiallari va sinf jurnali yuritib borish.
6. Faoliyatni to‘g‘ri taqsimlash; fan metodikasidan kelib chiqib haftaning og‘ir bo‘lmagan kuniga va vaqtiga qo‘yish.
Yuqorida keltirilgan talablar asosida to‘garak faoliyatini olib borish yaxshi samara beradi. Har bir aytib o‘tilgan talablarga chuqurroq to‘xtaladigan bo‘lsak;
Barcha faoliyat turlarida bo‘lgani singari musiqa to‘garaklarini mazmunli olib borish uchun malakali kadrlar saralab olinishi kerak.Agar pedagog o‘z fanini o‘qitish metodikasini, mazmunini, fanga oid ma’lumotlar va yangiliklarni, yosh psixologiyasini, faoliyat mazmunidan kelib chiqib bolalarni musiqaga qiziqtira oladigan bo‘lishi hamda shu yuqoridagi talablarga mos kelishi kerak.
To‘garak xonasi devorlari yoki har bir stolga kuylarning sherlari, cholg‘u asboblarning rasmlari, notalari shu bilan birga to‘g‘ri kuylash, chalish, nafas olish, jamoa bo‘lib kuylash kabi sinf stendlari va shu manodagi ma’lumot doskalari sinf xonada bo‘lishi kerak.Quyida sanab o‘tilgan shart sharoitlar sinf xonaga kirgan paytda o‘ziga xos musiqiy muhit ya’ni fanga xos bo‘lgab atmosfera yaratishga xizmat qiladi.
Faoliyat jarayonida video proektor, kompyuter, aqlli doska va yana shunga o‘xshagan zamonaviy AKT vositalari borligi va bular bilan muomala qilishda o‘qituvchining uquvi bo‘lishi kerak.Agar sinf xonasi sanab o‘tilgan jihozlar bilan boyitilishiga maktab sharoiti yetmasa shularning eng keraklari masalan: maxsus musiqiy belgilar yoza olish mumkin bo‘lgan Sibellius dasturi o‘rnatilgan kompyuter yoki hech bo‘lmaganda kuy namunalarini eshita olish uchun maxsus disklar va magnitofon yoki kaynaylar kabi moslamalar bo‘lishi ham qisman mazmunli darsni ta’minlab berishi mumkin.
Sinf fonotekasidagi hozirgi na’munalar ya’ni o‘zbek mumtoz kuy ashula namunali ko‘plari bundan 25-30 yil yoki undan ko‘proq vaqt oldin xira ijrodan yozib olingan va akustik asboblarda chalingan.Shuning uchun bu kuy parchalarini o‘quvchilar yaxshi eshita olmasligi yoki eshitganda tushunmasdan tezda zerikib qolishiga sabab bo‘lishi mumkin.Bunga yechim qilib quyidagi maslahatlar nazarda tutilgan.Elektron cholg‘u asboblarda chalingan garmoniya va melodiya kishi ongida va tasavurida chuqurroq o‘rnasha oladi chunki bunda ovozlar holati tiniq va toza ijro etilagan, shu bilan birga bu kuylar maxsus ovoz yozish studiyalida qayta ishlangan va kerak emas shovqinlardan tozalangan.
To‘garak a’zolari haqida ma’lumotlar, sinf jurnallari va shu kabi meyoriy hujjatlar to‘garak qatnashchilarining oila a’zolari bilan bog‘lanib farzandlari haqida axborot berilishi, uning darslarga qatnashishi va sinf darslarida bo‘sh vaqtini mazmunli sarflayotgani haqida xabardor bo‘lish maqsadida yuritiladi. Ish reja esa bolalarda yil davomida qanday mavzular o‘tilishi, darslarda qanday metodlardan foydalanish kerak ekanligi haqida eslatib turuvchi manbadir.
To‘garak soatlari normada ya’ni davlat ta’lim standartiga xos haftada 2 marta 45 daqiqadan yakka va guruh tartibda olib borilishi shart.haftaning dars umumiy dars soatlari kamroq kunlariga qo‘yish tavsiya etiladi chunki 12-13 yoshdagi o‘quvchilar jismoniy va mana’viy tomondan zo‘riqib qolishlari mumkin bo‘lib qoladi.
XULOSA
Xulosa qilib aytadigan bo’lsak, hozirgi kunda o’rta maktablarda musiqa tarbiyasi,sinfadan tashqari bo‘lgan musiqiy faoliyat o’quvchi shaxsiyatining rivojlanishida muhim ahamiyat kasb etadigan san’at hisoblanadi. Inson musiqa bilan ona allasi orqali tanishib umri davomida musiqadan zavq oladi va cheksiz ma’naviy kuch-qudratga ega bo‘ladi. Shuning uchun musiqa tarbiyasi nafosat tarbiyasining asosiy yo‘nalishlaridan biri bo‘lib, insonni atrofdagi go‘zal narsalarni to‘g‘ri idrok etishga, ularni qadrlashga o‘rganadi, insonda yuksak va ma’naviy dunyoqarash shakllanadi. Bu jarayon davomida shaxsning ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan xususiyatlarning individual ifodasi, ijtimoiy etiborga molik xususiyatlar jamlanmasi, inson ijtimoiyligning shakli ekanini nazarda tutadigan bo‘lsak, bu borada mumtoz musiqaning ahamiyati yana bir bor ravshanlashadi va musiqiy ta’lim tizimida yangicha yondashuv bоrasidagi izlanishlarimiz zamоnaviy aхbоrot - pеdagоgik tехnоlgiyalarini jоriy qilish bilan bоg’liq ekanligini ko`rsatmоqda. Bu mеtоdikadan fоydalanish musiqa o`quv - tarbiya jarayonini samaradоrligini оshirishga оlib kеladi, hamda shaхsni musiqiy tоmоndan tarbiyalash va rivоjlantirishga yordam bеradi.

Yüklə 20,54 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə