Universiteti a. A. Pulatov voleybol nazariyasi va



Yüklə 7,14 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə32/317
tarix07.02.2022
ölçüsü7,14 Mb.
#83552
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   317
fayl 2055 20211105

 

4.1. Hujum texnikasi 

4.1.1. Holatlar va harakatlanish, dastlabki holatlar 

 

Holatlar.

  Voleybol  o‘yinida  o‘yinchilar  to‘p  bilan  qisqa  vaqt  ichida  harakat 

qilishlari  lozim.  Shu  sababli  u  yoki  bu  o‘yin  sharoitida  o‘yinchi  to‘p  bilan  o‘ynashi 

uchun yuqori tayyorgarlik ko‘rishi talab etiladi. Shu maqsadda turli harakat usullarini 

bajarish uchun turlicha holatlarni egallash kerak. 



 

84 


 

Hujum  zarbasini  berish  va  to‘siq  qo‘yishda  –  baland,  o‘yinga  kiritilgan  to‘pni 

qabul  qilishda  –  o‘rta,  hujum  zarbasini  yoki  to‘siqdan  pastlab  qaytgan  to‘pni  qabul 

qilishda  –  past  (3-rasm)  holatlar  egallanadi.  Bunda  UOM  (umumiy  og‘irlik 

markazi)ning  holati  navbatdagi  harakatning  xususiyatiga bog‘liq bo‘ladi.  Shuni  ham 

ta’kidlash  o‘rinliki,  o‘yinchining  bo‘yi  va  uning  koordinatsion  qobiliyati  UOMga 

sezilarli ta’sir ko‘rsatadi. Shuning uchun ham samarali turish holati shunday bo‘lishi 

kerakki,  bunda  UOM  tezda  tayanch  chegarasidan  chiqarilib,  zarur  harakatlanish  va 

faoliyat ko‘rsatish imkoniyatini bera olsin. 

 

11-rasm. 



Turish  holatlari  navbatdagi  harakatlarning qo‘llanilish  xususiyatiga qarab statik 

(o‘yinchining  harakatsiz)  yoki  dinamik  (asosiy  tayanchni  bir  oyoqdan  ikkinchisiga 

o‘tkazish  bilan  to‘pni  qabul  qilish,  hujum  zarbasini  berish  yoki  to‘siq  qo‘yishni 

kutishda)  holatlarda  bo‘ladi.  Bu  turish  holatlarida  qo‘llar  bel  barobarida,  barmoqlar 

kaftlarga  qaragan,  gavda  esa  bir  oz  oldinga  egilgan  bo‘ladi.  Gavda  erkin  holatda 

bo‘lishi kerak. 



Harakatlanish

.  O‘yinchi  ma’lum  bir  texnik  usulni  bajarish  uchun  maydon 

bo‘ylab  harakatlanadi.  Bunda  usul  va  o‘yinning  vaziyatiga  bog‘liq  holda,  qadam 

tashlab  (oldinga,  orqaga,  yon  tomonga),  sapchib,  sakrab,  yugurib,  yiqilib  turli 

harakatlarni amalga oshiradi. Qadam tashlash va yugurish bilan qilinadigan harakatlar 



 

85 


 

birmuncha  yumshoq  (UOM  tebranishining  sustligi  sababli)  bo‘ladi.  Yon  tomonga 

qadamlashdan  ko‘p  hollarda  katta  bo‘lmagan  masofani  bosib  o‘tish  bilan  to‘siq 

qo‘yganda, hujum zarbasini qabul qilganda yoki to‘siqdan o‘z yo‘nalishini o‘zgartirib 

qaytgan  to‘pni  qabul  qilishda  foydalaniladi.  Harakat  doimo  kerakli  harakat 

yo‘nalishiga  yaqin  bo‘lgan  oyoqdan  boshlanadi.  Sapchib,  sakrab,  yugurish  bilan 

bo‘ladigan  harakatlardan  tez  javob  harakatlarini  amalga  oshirishda  qo‘llaniladi. 

Ko‘rib chiqilgan harakatlardan ko‘p hollarda umumiy birlikda ham foydalaniladi. 




Yüklə 7,14 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   317




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə