Universiteti a. A. Pulatov voleybol nazariyasi va



Yüklə 7,14 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə40/317
tarix07.02.2022
ölçüsü7,14 Mb.
#83552
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   317
fayl 2055 20211105

4.2. Himoya texnikasi 

 

Himoya  bu  hujum  harakatlariga  qarshi  harakat  qilishdir.  Himoya  usullaridan 

foydalanib hujum harakatlari bartaraf etiladi. 

 

4.2.1. To‘pni qabul qilish 

 

To‘p  o‘yinga  kiritilganda,  hujum  zarbasidan  so‘ng  va  to‘siqdan  qaytganda 



amalga oshiriladi. 

Hozirgi  zamon  voleybolida  to‘pni  qabul  qilishning  quyidagi  usullari  va 

variantlari mavjud: pastdan ikki qo‘llab (juda kam hollarda bir qo‘l bilan); yuqoridan 

ikki qo‘llab; son qismi bilan va orqaga dumalab bir qo‘llab pastdan; oldinga ko‘krak-

qorin qismlari bilan yiqilgan holda bir qo‘llab pastdan. 

O‘yinga  kiritilgan  to‘pni  sifatli  qabul  qilish  hujum  harakatlarining  qanchalik 

samarali  bo‘lishini  belgilaydi.  O‘yinga  kiritilgan  to‘pni  qabul  qilishning  eng  ko‘p 

tarqalgan va samarali shakli bu to‘pni ikki qo‘llab pastdan qabul qilishdir. 15-rasmda 

ikki  qo‘llab  pastdan  to‘p  qabul  qilayotgan  o‘yinchining  holati  tasvirlangan.Oyoqlar 

bukilgan,  bir  oyoq  oldinda,  qo‘l  kaftlari  birlashtirilgan  holda  pastga  tushirilgan. 

To‘pni  qabul  qilish  vaqtida  tirsaklarni  bukish  mumkin  emas.  Qo‘llar  bilan  oldinga-

yuqoriga harakat qilinadi. To‘pga nisbatan kuchli  qarama-qarshi  harakat qilish kerak 

emas.  Bunda  qo‘llar  to‘p  tomon  yaqinlashtirilib,  uning  tagiga  kiritiladi.  Oyoqlarni 

bukib-yozish  bilan  to‘pga  kerakli  yo‘nalish  beriladi.  To‘pni  pastdan  qabul  qilishda 

eng  asosiysi  to‘pning  yo‘nalishi,  tezligini  to‘g‘ri  baholay  olish  va  bog‘lovchi 



 

97 


 

o‘yinchini kuzatish hisoblanadi. O‘yinchi zarur joyni egallay olmagan bo‘lsa-yu, to‘p 

o‘ng  tomonga  yo‘nalayotgan  bo‘lsa,  to‘pni  qabul  qiluvchi  qo‘llarni  to‘g‘ri  oldinga 

chiqaradi  va  o‘ng  qo‘lni  yuqoriga  chiqarib  buradi,  chap  tomonga  yo‘nalayotgan 

bo‘lsa, chap qo‘l yuqoriga chiqariladi. 

To‘pni  pastdan  ikki  qo‘llab  qabul  qilish  hujum  zarbasini  qabul  qilishda  ham 

asosiy usul hisoblanadi. O‘yinga kiritilgan to‘p yoki hujum zarbasining sifatsiz qabul 

qilinishi  (past  trayektoriyada  uzatish,  bog‘lovchi  o‘yinchiga  yetkazib  bermaslik) 

bog‘lovchi  o‘yinchi  tomonidan  hujum  uchun  beriladigan  to‘p  uzatishni  samarasiz 

bo‘lishiga olib keladi. Shuning uchun mashg‘ulotlar vaqtida turli tezlikda, yo‘nalishda 

va kuchlanishda kelayotgan to‘plarni pastdan ikki qo‘llab qabul qilishga katta e’tibor 

berish zarur. 

 

23-rasm. 



 

To‘pni  bir  qo‘llab  qabul  qilish  tayanch  holatda  va  yiqilib  amalga  oshiriladi. 

Tayanch  holatda  bajariladigan  usul  o‘yinchining  yoniga  tezlik  bilan  tushayotgan 

to‘pni qabul qilishda foydalaniladi. To‘pni qabul qilish yopiq holdagi kaft yuzasi bilan 

bajariladi. 

Orqaga yoki yon tomonga yiqilib, bir qo‘l bilan to‘pni qabul qilish ko‘p hollarda 

ayollar  voleyboliga  xosdir.  Harakat  so‘nggida  yon  tomonga  katta  qadam  tashlanib, 



 

98 


 

qo‘l  to‘p  tomon  to‘g‘ri  uzatiladi.  Bunda  MOK  (markaziy  og‘irlik  kuchi)  keskin 

pasayadi. 

To‘pga  zarba  berilgandan  so‘ng,  o‘yinchi  tayanch  oyoqning  uchida  yiqilish 

tomonga burilib, oyoq tovoni bilan o‘tiradi va do‘mbaloq oshadi (16-rasm). 

Jarohat  va  lat  yeyishning  oldini  olish  maqsadida  gavdaning  orqa  o‘rta  qismi 

bilan  emas,  balki  bir  oz  yonbosh  bilan  do‘mbaloq  oshiladi,  daxan  ko‘krak  qismiga 

tekkizib olinadi. 

 

24-rasm. 



 

Ko‘krak-qorin  qismi  bilan  sirg‘alib  yiqilgan  holda  bir  qo‘l  bilan  to‘pni  qabul 

qilish  usuli erkaklar  voleyboliga  mansub  usul  hisoblanadi.  O‘yinchi oxirgi  qadamda 

(17-rasm)  keskin  harakat  bilan  gavdani  pastga-oldinga  25˚-30˚  burchak  ostida 

maydonchaga tashlaydi. Tayanchsiz holda kaftning orqa yoki oldi tomoni bilan to‘pga 

zarba  berib,  qo‘llarini  oldinga  cho‘zadi  va  qo‘llari  maydonchaga  tegishi  bilan 

oyoqlarini  tizza  qismida  bukadi,  qo‘llar  esa  orqaga-yonga  itarilishi  bilan  gavdaning 

gorizontal  holatga  kelishiga  yordam  beradi.  Bosh  o‘z  vaqtida  maksimal  orqaga 

tashlanadi.


Yüklə 7,14 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   317




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə