Universiteti a. A. Pulatov voleybol nazariyasi va



Yüklə 7,14 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə41/317
tarix07.02.2022
ölçüsü7,14 Mb.
#83552
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   317
fayl 2055 20211105

 


 

99 


 

 

25-rasm. 



 

4.2.2. To‘siq qo‘yish 

 

To‘siq  –  raqibning  hujum  zarbasiga  qarshi  harakat  qilishning  eng  asosiy  usuli 

hisoblanadi.  Texnik  nuqtayi  nazardan  to‘siq  qo‘yish  eng  qiyin  o‘yin  elementlaridan 

sanaladi.  To‘siq  qo‘yish  elementini  yuqori  darajada  egallash  bilan  o‘yinchi  qarshi 

hujumni  uyushtirish,  to‘siqdan  so‘ng  qimmatli  ochkolarni  yutish  imkoniyatiga  ega 

bo‘ladi.  

To‘siq  bir  o‘yinchi  tomonidan  (yakka)  yoki  ikki-uch  o‘yinchi  tomonidan 

(guruhli)  amalga  oshirilishi  mumkin.  O‘yinchi  to‘r  yaqinida,  yuqori  turish  holatida, 

qo‘llarni  yelka  sathida  ko‘tarib,  tovonlarini  parallel  holatda  qo‘yib  turadi  (18-rasm). 

Hujum  qilinayotgan  joyning  masofasiga  qarab  to‘r  yaqinida  yon  tomonlarga  qadam 

tashlash, yugurish, sakrash kabi harakatlarni bajarish mumkin. 



 

100 


 

 

26-rasm. 



 

To‘siq qo‘yish  uchun avval  o‘yinchi oyoqlarini  ko‘proq bukib, qo‘llarini qattiq 

silkib  yuqoriga  sakraydi.  Qo‘llar  tirsakdan  bir  oz  bukilgan  holatda  to‘r  tepasiga 

ko‘tariladi.  Optimal  kuchlangan  (barmoqlar  orasi  ochiq)  kaftlar  to‘rning  yuqori 

qismiga borganda, to‘r osha yuqoriga-oldinga harakatlantiriladi. Zarba vaqtida kaftlar 

to‘pga maksimal yaqinlashtiriladi va bilak bo‘g‘inlari hisobiga faol bukiladi. Bundan 

asosiy  maqsad  berilgan  zarbani  amortizatsiyalash  va  to‘pni  raqib  jamoasining 

maydonchasiga yo‘naltirishdan iboratdir. 

Hujumchilar  to‘r  chekkalaridan  hujum  zarbalarini  berishda  to‘pni  to‘siqdan 

maydon  tashqarisiga  chiqarib  yuborishga  harakat  qiladilar.  Shu  sababli  to‘siq  to‘r 

chekkasiga  yaqin  bo‘lgan  qo‘l  bilan  yopiladi  va  to‘pning  maydonchadan  chiqib 

ketishga yo‘l qo‘yilmaydi. 

To‘siq  qo‘yish  texnikasining  murakkabligi  quyidagi  uchta  omilga  bog‘liq:  joy 

tanlash;  turgan  joydan  yoki  harakatdan  so‘ng  baland  sakrash;  qo‘lni  to‘r  ustiga 

ko‘tarish vaqtini aniqlash. 


Yüklə 7,14 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   317




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə