Universiteti xabarnomasi



Yüklə 4,01 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə212/215
tarix19.12.2023
ölçüsü4,01 Mb.
#152529
1   ...   207   208   209   210   211   212   213   214   215
13-6-PB

Tadqiqot metodologiyasi. 
Tadqiqot ishlari Buxoro viloyatining 
Jondor tum
ani “Amir Temur” MChJ qorako‘lchilik xo‘jaligida 
urchitiluvchi qorako‘l qo‘ylarida olib borilgan. 
Zavod tipini yaratilishida rangbarangligi, gul tipi va sinfi bo‘yicha 
gomogen va geterogen juftl
ash usullari qo‘llanilgan. Zavod tipini 
yaratilishida yassi t
ipdagi sur qorako‘l qo‘ylarini tanlash amalga 
oshirilgan, so‘ngra ular gul tipi va sinfi bo‘yicha yuqori sifatli 
guruhlarga ajratilgan. Hayvonlarning naslini mustahkamlash, belgilar 
barqarorligi
ni ta’minlash va rang ifodalanishini yaxshilash maqsadida 
bos
hqa xo‘jaliklardan bir xil turdagi qo‘chqorlarni yig‘ib, ekstereri va 
jun-
konstitutsional xususiyatlari bo‘yicha sinovdan o‘tkazilgan. Sinov 
natijalari asosida yangi tipdagi hayvonlarni individual tanlash va 
juftlash amalga oshirilgan. Yangi yaratilgan hayvonlar guruhining 
bosh sonini oshirish uchun yassi gul tipi genotipiga ega bo‘lgan 
qo‘chqorlarni zavod tipidan tashqari podaning yassi tipli sovliqlari 
bilan geterogen juftlashni qo‘llash amalga 
oshirilgan. Yakuniy 
naslchilik ishlari barqaror genotipli va barqaror irsiy salohiyatga ega 
hayvonlar sonini ko‘paytirish yo‘nalishida olib borilgan.
Tadqiqotlarda olingan avlodlarni baholash “Qorako‘lchilikda 
naslchilik ishlarini yuritish va qo‘zilarni ba
holash (bonitirovka 
o‘tkazish) bo‘yicha qo‘llanma” 
asosida olib borilgan (S.Yu.Yusupov va 
boshqalar, 2015). 
 
Tadqiqot natijalari va muhokamasi. 
Yaratilish tavsifi.
 
Seleksiya 
yutug‘iga patent olish Qorako‘lchilik va cho‘l ekologiyasi ilmiy
-
tadqiqot institutining davlat ilmiy-texnik dasturlari doirasida 
bajarilgan A-11-120 raqamli 
“Rangli qorako‘l qo‘ylarini sifatli 
rangbarang va gul tipli bozorgir qorako‘l teri yetkazuvchi yuqori 
mahsuldor potsulyatsiyalarini yaratishda genetik potensialidan unumli 
foydalanish asosida naslchilik ishlarini yuritish usullarini ishlab 
chiqish” mavzusidagi amaliy loyihasi bo‘yicha o‘tkazilgan tadqiqot 
natijalari asosida erishilgan. 
Gipsli cho‘l sharoitida urchitiluvchi 
qorako‘l qo‘ylarining seleksion va mahsuldorlik xususiyatlari
ni 
hisobga olgan holda raqobatbardosh eksportbop mahsulot olish 
uchun kumushsimon sur rangli qorako‘l qo‘ylarining yuqori 
mahsuldor suruvlarini yaratishning seleksiya-naslchilik usullari ishlab 
chiqilgan.
Buxoro viloyatining Jondor tumani “Amir Temur” MCh

qorako‘lchilik xo‘jaligida 1999 yilda ilmiy
-ishlab chiqarish naslchilik 
fermasi tashkil etilgan. Uzoq vaqt davomida xo‘jalikda 
yetishtirilayotgan qorako‘l qo‘ylarining salohiyatidan samarali 
foydalanish asosida tanlash va seleksiya ishlarini amalga oshir
ish yo‘li 
bilan yassi gul tipidagi kumushsimon va tillosimon rangbaranglikdagi 
yuqori mahsuldor qorako‘l qo‘ylarining yassi gul tipli eng yaxshi navga 
ega bo‘lgan qorako‘l mahsulotlarini ishlab chiqarish bo‘yicha zavod 
podasi yaratildi. 
Dastlab yassi tipda
gi sur qorako‘l qo‘ylarini tanlash amalga 
oshirilga
n, so‘ngra ular gul tipi va sinfi bo‘yicha yuqori sifatli 
guruhlarga ajratilgan, “qonni yangilash” va rang ifodalanishini 
yaxshilash maqsadida “Nurota” va Abay nomli naslchilik zavodlaridan 
bir xil turdag
i qo‘chqorlarni yig‘ib, ekstereri va jun
-konstitutsional 
xususiyatlari bo‘yicha sinovdan o‘tkazilgan. Keyinchalik, yangi tipdagi 
hayvonlarni individual tanlash va juftlash amalga oshirilgan va ular 
bosh sonini oshirish uchun yassi gul tipi genotipiga ega b
o‘lgan 
qo‘chqorlarni zavod tipidan tashqari podanin
g yassi tipli sovliqlar 
bilan geterogen juftlashni qo‘llash amalga oshirilgan.
Keyingi naslchilik ishlari barqaror genotipli va barqaror irsiy 
salohiyatga ega hayvonlar sonini ko‘paytirishga qaratilgan. 
Av
lodlarda yassi gul tipli qo‘zilar 70
-80% ni tashkil etadi, shundan elita 
va birinchi sinflilar ulushi 87-90% ni tashkil qiladi. Elita sinfi esa 25-
28% ni tashkil qiladi. Ushbu xususiyatlarga ega bo‘lgan suruv faqat 
“Amir Temur” MChJ qorako‘lchilik xo‘jalig
ida urchitiladi. Ushbu 
naslchilik materiali fermer 
xo‘jaliklariga sotilmagan va ko‘paytirish 
uchun boshqa shaxslarga berilmagan. Ushbu turdagi hayvonlarning 
asosiy mahsuldorligi, ekstereri, jun-konstitutsional xususiyatlari, 
reproduktiv xususiyatlari uzoq muddatli naslchilik ishlarida 
foydalanilganda o‘zga
rishsiz qoladi.

Yüklə 4,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   207   208   209   210   211   212   213   214   215




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə