Universiteti xabarnomasi



Yüklə 4,01 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə209/215
tarix19.12.2023
ölçüsü4,01 Mb.
#152529
1   ...   205   206   207   208   209   210   211   212   ...   215
13-6-PB

ISSN:
2181-1695 
OAK: 
01-08/1819/6
 
www.herald.kokanduni.uz
 
 
«BUXOROISHARIF» ZAVOD TIPINING ASOSIY XUSUSIYATLARI
 
 
 
Xatamov Asror Xudoyberdiyevich 
q.x.f.d (PhD), katta ilmiy xodim.,
Jabborov Xasan Komil o‘g‘li –
 magistr
Qorako‘lchilik va cho‘l ekologiyasi
ilmiy-tadqiqot instituti
Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti 
MAQOLA HAQIDA
 
ANNOTATSIYA
 
Qabul qilindi: 
24-mart 2023-yil
Tasdiqlandi: 
26-mart 2023-yil
 
Jurnal soni: 
1
 
Maqola raqami: 
27
 
DOI: 
https://doi.org/10.54613/ku.v6i6.265
 
Maqolada yassigul tipidagi sur qorak
o‘l qo‘ylarining «Buxoroisharif» zavod tipining yaratilish 
tavsifi, qo‘llanilgan seleksion usullar, ilmiy yangiligi, boshqa Buxoro suri zot tipidagi za
vod 
tiplaridan farqlanishi
asosiy xususiyatlari ekstereri, konstitutsiyasi, mahsuldorligi, ko‘payishi, 
h
ayotchanligi va chidamliligi bo‘yicha o‘zaro o‘xshashligi
-turdoshligi, asosiy belgi va xususiyatlari 
urchitish davomida o‘zgarmasligi ya’ni barqarorligi va boshqa xususiyatlari to‘g‘risida ma’lumotlar 
keltirilgan. 
KALIT SO‘ZLAR/
 
Ключевые слова/ 
keywords
 
qorako‘l qo‘yi, zavod tipi, gul tipi, jun tolasi, 
rang, rangbaranglik, tirik vazn, eksterer.
 
 
Kirish.
Qorako‘l qo‘yi dunyoning 40 dan ortiq mamlakatlarida 
urchitilib kelinadi. Qorako‘lchilik O‘zbekistonda cho‘l yaylovlaridan 
oqilona foydalanib, oziq-ovqat mahsulotlari yetishtiruvchi daromadli 
soha hisoblanadi. Qorako‘l qo‘ylari ekstremal cho‘l sharoitlariga 
yaxshi 
moslashgan, deyarli yil bo‘yi yaylovdan oziqlanib, qimmatli 
mahsulotlar yetishtirib beradi.
O‘zbekiston Respublikasida bugungi kunda ur
chitiluvchi 
qo‘ylarning bosh soni 18,0 mln. bosh atrofida. Shundan faqat qorako‘l 
zotiga mansub qo‘ylarining bosh soni 
6,0 mln. bosh atrofida.
Hozirga qadar qorako‘l qo‘ylarining mahsuldorligini oshirishga 
qaratilgan ko‘plab tadqiqot ishlari amalga oshiri
lgan. Tadqiqotlarda 
qo‘ylarning teri sifatini yaxshilash, oziqlantirish va saqlash, go‘sht, sut 
va jun mahsuldorligini oshirish imkoniyatlari aniqlangan. Shu bilan 
birgalikda qorako‘lchi olimlarning ilmiy tadqiqotlari asosida yuqori 
mahsuldor 33 ta zavod t
iplari yaratilgan. Buxoro viloyati “Amir 
Temur” MChJ qorako‘lchilik xo‘jaligida 2008 yilda “
Yassigul tipidagi 
sur qorako‘l qo‘ylarining “Buxoroisharif” zavod tipi”
 
yaratilgan va 
O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligi tomonidan 2008 
yilda 
№ZAP
00016 raqamli patent guvohnomasi berilgan. Ushbu 
zavod tipiga mansub qo‘ylar ko‘plab xususiyatlari bil
an boshqa zavod 
tiplaridan farq qiladi. 
Zavod tipini yaratishga qaratilgan seleksiya ishini shartli tarzda 
quyidagi bosqichlarga ajratish mumkin:
1. Seleksiya uchun dastlabki qadam sifatida maqsadga muvofiq 
hayvonlar guruhini tashkil qilish.
2. Ko‘zlangan natija bo‘yicha maqsadga muvofiq tipli 
hayvonlarni juftlash va undan olingan hayvonlar guruhini 
mahsuldorlik va nasl xususiyatlari bo‘yicha baholash. 
3. Maqsadga muvofiq tipning qimmatli xususiyatlarini 
hayvonlarda mujassamlash va kuchaytirish maqsadida liniyalar 
bo‘yicha urchitish yo‘li bilan mol bosh sonini ko‘paytirish bo‘yicha 
seleksiya yutug‘ini sinovdan o‘tkazish (aprabatsiya) va qo‘llanmada 
ko‘zda tutilgan o‘lchamlarga yetkazish. 
4. Yaratilgan sermahsul qo‘ylar suruviga yangi zavod tip maqomi 
be
rilishi bilan bog‘liq xujjatlarni tayyorlash, Davlat sinovidan o‘tkazish 
va mazkur tipli hayvonlarni boshqa ho‘jaliklarda urchitishni joriy 
qilish.
Yangi zavod tiplarini yaratish ishlari quyidagi tartibda 
o‘tkaziladi: 
1) Mazkur mintaqa qorako‘
lchiligining ravnaqi va hayvonlarning 
yangi tipini yaratishning naqadar lozimligini aniqlash;
2) Yaratilajak hayvon tipining maqsadga muvofiq deb topilgan 
mahsuldo
rlik o‘lchamlarini belgilash; 
3) Mazkur maqsadni amalga oshirish uchun mos keluvchi 
xo‘jalikni tanlash, undagi qo‘ylar populyatsiyasining oziqlanish va 
yaylov iqlim sharoitlarini o‘rganish; 
4) Ishning bajarilish usuli va kalendar rejasi (seleksiya-naslchilik 
ishlar rejasi) ni tuzish;
5) Dastlabki materialni tanlash, seleksiya talablariga javob 
beruvchi hayvonlar guruhini ajratish, ularning mahsuldorlik va nasl 
xususiyatlarini o‘rganish; 
6) Irsiy xususiyatlarining to‘liq namoyon bo‘lishiga yordam 
beruvchi kerakli oziqlantirish va asrash sharoitlarini yaratish;
7) Maqsadga muvofiq tipli hayvonlarni maqsadli juftlash
olingan oraliq hayvonlar guruhini mahsuldorlik va nasl sifati bo‘yicha 
baholash;
8) Liniyalar, oilalar tashkil qilish va yaratish yo‘li bil
an 
seleksiyalanuvchi hayvonlar guruhiga xos bo‘lgan belgi va 
xususiyatlarning 
hayvonlar 
irsiyatida 
mustahkamlanishi 
va 
kuchayishiga erishish;
9) Naslchilik zavodi yoki reproduktiv naslchilik xo‘jaligida 
urchitilayotgan maqsadga muvofiq tipli hayvonlarning bosh sonini 
boshqa xo‘jaliklarning naslli mollarga bo‘lgan ehtiyojini to‘lig‘icha 
qoniqtira 
oladigan o‘lchamlarga yetkazish; 
10) Yangi zavod tipini Davlat sinovidan o‘tkazishda kerak 
bo‘luvchi xujjat va materiallarni tayyorish;
11) Yangi tip hayvonlarn
i naschilik reproduktiv xo‘jaliklari orqali 
tovar xo‘jaliklarga tarqatish; 
Nasl va mahsuldorlik xususiyatlari atroflicha tekshirilib
baholangan yangi tip qo‘ylar guruhi mahsus komissiya tamonidan 
rasmiy tarzda tasdiqlanadi. Yangi zavod tipini yaratish uc
hun o‘rtacha 
12-15 yil vaqt ketadi. 

Yüklə 4,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   205   206   207   208   209   210   211   212   ...   215




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə