Universiteti xabarnomasi



Yüklə 4,01 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə211/215
tarix19.12.2023
ölçüsü4,01 Mb.
#152529
1   ...   207   208   209   210   211   212   213   214   215
13-6-PB

КОКАНДСКОГО
 
УНИВЕРСИТЕТА
 
 


~ 117 ~ 
Qo‘ylarning rangbarangligi va gul tipi bo‘yicha turli variantlarda 
juftlash ishlari natijalari kumushsimon rangbaranglikdagi qo‘ylarni 
juftlashda avlodlarning 77,8 foizi kumushsimon, 14,7 foizi olmos, 9,0 
foizi tillasimon rangbarangliklarga, olmos va kumushsimon 
rangbaranglikdagi 
q
o‘ylarni 
geterogen 
juftlashda 
ushbu 
ko‘rsatkichlar mutanosib ravishda 40,5; 44,4; va 8,5 foizni tashkil 
etishi qayd etilgan (Gaziyev A., Mamatov B.S., 2022). Shu bilan bir 
qatorda gul ko‘rsatkichlari bo‘yicha qo‘ylarni turli variantlarda 
juftlashda gul sha
kllari va uzunligining ma’lum darajada ijobiy 
o‘zgaruvchanligi kuzatilib, ushbu ko‘rsatkichlarning namoyon bo‘lishi 
gul tipi bo‘yicha gomogen juftlashda kuchayadi, geterogen juftlashda 
susayadi (Mamatov B.S., Gaziyev A., 2022). 
Qorako‘ qo‘ylarning etologik
ko‘rsatkichlari ularning tirik vazni, 
go‘sht mahsuldorligi, so‘yim ko‘rsatkichlari va kimyoviy tarkibiga 
ta’sir ko‘rsatadi (N.A.Boboqulov va boshqalar, 2021). Bu esa o‘z 
navbatida cho‘l sharoiti
da sohaning ehtiyojlaridan kelib chiqib, 
yuqoridagi xususiyatlarni inobatga olgan holda yangi zavod tiplarini 
yaratish imkoni mavjud ekanligini ko‘rsatadi. 
Genetik jihatdan fenotipik o‘zgaruvchanlikning bir qismi 
hisoblangan belgilarning irsiylanishi nasl qiymatini baholovchi 
mezonlardan biri hisoblanadi. Belgilar orasidagi korrelyatsion 
bog‘liqliklarni bilish va ulardan samarali foydalanish asosida naslchilik 
ishlarini osonlashtirish mumkin (Gaziyev va boshqalar, 2022).
Yangi zavod tiplarini yaratishda q
orako‘l qo‘ylarini oziqlantirish 
xususiyatlarini ham hisobga 
olish muhim ahamiyatga ega. Qorako‘l 
qo‘ylarining o‘sish ko‘rsatkichlarini yaxshilashda ekstruderlangan 
ozuqalar, probiotiklardan foydalanish yaxshi samara beradi (Xatamov 
A.X., Normuminova M., Qozoqov J., 2022, Xatamov A.X., 
Normuminova M., 2022, Xatamov A.X., Qozoqov J., 2022). 
S.Yu.Yusupov va boshqalar (2004) tadqiqotlarida O‘zbekistonda 
yaratilgan qorako‘l qo‘yining naslchilik resurslari to‘g‘risida 
ma’lumotlar keltirilib, ushbu yaratilgan nas
lchilik resurslaridan 
samarali foydalanish yo‘nalishlari ochi
b berilgan. 
Qorako‘l qo‘ylarining yangi zavod turlarini yaratish, ularni 
huquqiy muhofaza qilish va amaliyotda qo‘llash muhim ahamiyat 
kasb etadi (Axmadaliyeva L. va boshqalar, 2021). 

Yüklə 4,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   207   208   209   210   211   212   213   214   215




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə