University of econimocs and pedagogy iqtisodiyot va pedagogika fakulteti



Yüklə 177,57 Kb.
səhifə4/6
tarix24.12.2023
ölçüsü177,57 Kb.
#160422
1   2   3   4   5   6
Mavzu-11. Makroiqtisodiy prognozlash modellari reja

11.3. Makroiqtisodiy modellar
Tarmoqlararo modellar majmuasi yiriklashgan dinamik va kengaytirilgan tabiiy-qiymatli modellarni о‘zi ichiga oladi. Tizimning hamjihatligi milliy daromad, uni taqsimlash tuzilmasi hamda moddiy ishlab chiqarish tarmoqlarining sarmoya qо‘yilmalarga bо‘lgan ehtiyojlarini tavsiflovchi kо‘rsatkichlar va boshqalar kabi yiriklashgan dinamik modelining asosiy kо‘rsatkichlarning tabiiy-qiymatli tarmoqlararo balansini tuzish uchun qо‘llanilishi bilan ta’minlanadi.

Zamonaviy dinamik tarmoqlararo modellar iqtisodiy rivojlanishning sur’atlari va nisbatlarini aniqlovchi uchta asosiy omillar guruhi bо‘yicha iqtisodiyotning rivojlanish istiqbolini bashoratlashga imkon beradi. Xususan ular quyidagilar: rejali davr boshiga yig‘ilgan asosiy ishlab chiqarish fondlarnimiqyosi va tarkibi bilan tavsiflanadigan iqtisodiy salohiyatning boshlang‘ich darajasi; mehnat resurslaridan unumli foydalanish kо‘rsatkichlar о‘zgarishining istibolli tendensiyalar; jamiyatning yakuniy ehtiyojlarining istiqbolli tarkibi.


11.4. Iqtisodiyotni rivojlantirish modellari.


Iqtisodiy-matematik modeli masalan quyidagichaifodalanilishimumkin = . Bu model misol tariqasida u yoki bu buyumni tayyorlash uchun talab qilinadigan materiallarga bо‘lgan prognoz talablarini aniqlashda qо‘llanilishi mumkin. Bu holatda X – buyumlar soni, a– bitta buyum uchun material sarflanish meyori, Z–materiallarga bо‘lgan umumiy ehtiyoji.

Iqtisodiy-matematik modeli, agar bir nechta tur buyumlarni tayyorlash uchun materiallarga bо‘lgan ehtiyojni aniqlash kerak bо‘lsa, murakkab kо‘rinishga ega bо‘ladi:


= 1 1 + 2 2 + 3 3 + ⋯ + yoki = ∑ =1 , bu yerda n = 1, 2, 3,...n.

Ushbu model materiallarga bо‘lgan ehtiyojning ikki guruh omillarga bog‘liq ekanligini kо‘rsatib turibdi: tayyorlanayotgan buyumlar soni va buyum uchun materiallar sarflanish meyori. Bunday model deskriptiv (lotincha “desckribo”)deb ataladi.


Bir mahsulotli model nafaqat bir mahsulotni ishlab chiqarishga ixtisoslashgan sohalarda, balki bir qator holatlarda agar ishlab chiqariladigan mahsulotlar iste’mol qilinishda bir-birini о‘rnini bosadigan bо‘lsa yoki ularni mutlaq kо‘rsatkichlar qо‘llanilishi mumkin. Kо‘p mahsulotli modellarda butun tarmoq ishlab chiqarayotgan mahsulotga va xomashyo yoki boshqa qandaydir resurslarni iste’mol qilishga bо‘lgan talab bо‘yicha ikkita yoki undan ham kо‘p chegaralar kо‘rib chiqiladi. Ushbu modellarda turli mahsulotlarni iste’molida о‘rnini bosadigan xususiyatini hisobga olgan holda turdosh mahsulotga keltirish imkoniyatidan unumli foydalanilishi mumkin.



Yüklə 177,57 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə